Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi test markazlari migrantlar uçun rus tilidan imtihonlarni qabul qilişni töxtatdi. Bu «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan söng migratsiya siyosatining keskinlaşuvi fonida sodir böldi, deb xabar berdi «Delovoy Peterburg».
Rossiya oliy ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov avvalroq imtihonlarni ötkaziş va sertifikatlar beriş ustidan nazoratni kuçaytiriş, şuningdek, test sinovlarini taşkil etişga yondaşuvni özgartiriş böyiça topşiriq bergan edi.
Sankt-Peterburgda imtihonlarning töxtatilişi test ötkazadigan tijorat kompaniyalaridagi tintuvlar bilan bir vaqtda yuz bergan. Avvalroq, uşbu kompaniyalarning beş nafar xodimi noqonuniy migratsiyani taşkil etişdan daromad olişda gumonlanib, uşlangan edi. Test markazlarining xabar berişiça, hozir test sinovlari ötkazilmayapti va qaçon ötkazilişi ham noma’lum.
Oçiq manbalardagi ma’lumotlarga köra, şaharda çet elliklar mehnat patenti yoki yaşaş uçun ruxsatnoma oliş uçun imtihon topşirişi mumkin bölgan önlab kompaniyalar mavjud. Ammo joriy yilning 1 mayidan boşlab tijorat taşkilotlari tomonidan bunday test sinovlari ötkaziş va rus tili sertifikatlari berişning töxtatilişi rejalaştirilgan. Tizimning yangiça tarzda qanday işlaşi hozirça aniq emas.
Amaldagi qoidalarga köra, migrant Rossiyaga kirganidan söng, dastlabki 30 kun içida rus tili, Rossiya qonunçiligi va tarixi böyiça imtihon topşirişi kerak. Şundan keyin mehnat patenti yoki yaşaş uçun ruxsatnoma olişi mumkin. Agar imtihondan ötolmasa, mamlakatni tark etişi kerak.
Endi migrantlar imtihon topşirişning iloji yöqligi sababli, deportatsiya tahdidiga duç kelmoqda.













