2023 yil noyabr oyidan beri birinçi marta «Voyager 1» missiyasi guruhi stansiyadan aloqa töliq tiklanganini anglatuvçi izçil ma’lumotlarni oldi. Oxirgi beş oy davomida NASA «Voyager 1»dan ğalati kodlarni qabul qilayotgan edi.
Mart oyida muhandislar stansiyaga xotiradagi barça ma’lumotlardan xalos böyiş haqida buyruq berişdi. Bu esa muammo uçta bort kompyuteridan birida ekanini aniqlaş imkonini berdi. Qabul qilingan signal mutaxassislarga şikastlangan xotira segmentini aniqlaşga yordam berdi, u xotiraning 3 foizini taşkil qilar edi.
Şikastlangan segmentda saqlangan kod boşqa joyga köçirildi. Bundan taşqari, uni butunlay köçirişning iloji bölmadi, çunki ularning barçasi mavjud böş joyga töğri kelmadi. Hamma narsa reja böyiça ketayotganiga işonç hosil qiliş uçun muhandislar «Voyager 1»ga zondning texnik holati haqidagi ma’lumotlarni yuboriş buyruğini berişdi. Şundan söng, «Voyager 1» kerakli ma’lumotlarni «keraksiz» ma’lumotlarsiz yubordi.
«Voyager 1» zondi 1977 yilda fazoga uçirildi, uning asosiy vazifasi Yupiter va Saturnni tadqiq qiliş edi. Stansiya uşbu sayyoralar yöldoşlarining batafsil suratlarini olgan birinçi kosmik zond böldi. Asosiy missiyani tugatgandan söng, u Quyoş tizimining uzoq hududlarini, jumladan Kyoyper kamarini va geliosfera çegarasini örganiş uçun qöşimça missiyani boşladi.
Hozir zond Yerdan 24 milliard kilometr uzoqlikda, unga signal yuboriş va signal qabul qiliş uçun taxminan 22,5 soat vaqt ketadi. Şunday bölsa-da, stansiya olimlarga foyda keltirişda davom etmoqda.
Qurilma bortida oltin disk bölib, unga ehtimoliy özga sayyoraliklar uçun möljallangan murojaat, şuningdek, bir qator tasvirlar va tovuşlar yozilgan.













