Toşkent amaliy fanlar universiteti grant tanlovini boşladi. Sizga bir neça ball yetmay öqişga kira olmadingizmi? Yoki grantga kira olmaganingiz uçun orzungizdan voz keçmoqçimisiz? Balki özingiz xohlamagan yönalişga tavsiya etilgandirsiz?
Sizda hali ham TAFUda grant asosida öqiş imkoniyati bor. Buning uçun bir daqiqalik motivatsion video tayyorlang. Unda özingizni taniştirib, maqsadlaringiz va nima uçun aynan şu yönalişda öqişni istaşingizni aytib bering. Eng munosib iştirokçilar 25, 50 yoki 100 foizlik grantlarni qölga kiritadi.
Beş yillik faoliyat va bir neçta kampus
Toşkent amaliy fanlar universiteti 2021-yilda taşkil etilgan. Ötgan beş yil davomida universitet bosqiçma-bosqiç rivojlanib, bugungi kunda Toşkent şahrining Çilonzor, Sergeli, Mirobod, Uçtepa va Yaşnobod tumanlarida joylaşgan bir neçta kampusda faoliyat yuritmoqda.
Bugun universitetda iqtisodiyot, moliya, pedagogika, axborot texnologiyalari, filologiya, psixologiya, muhandislik va boşqa qator yönalişlar böyiça mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2025–2026 öquv yilida esa universitet 20 ga yaqin ta’lim yönalişi böyiça 5 mingdan ortiq bitiruvçini katta hayotga kuzatdi.
Nazariya va amaliyot uyğunligi
Universitet nomidagi «amaliy fanlar» iborasi ham ta’lim yondaşuvining asosiy yönalişlaridan biriga işora qiladi. Bu yerda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Talabalar auditoriyada olgan bilimlarini ikkinçi kursdan boşlab amaliyot jarayonida mustahkamlaş imkoniyatiga ega. Universitet jamoasining ta’kidlaşiça, bundan közlangan asosiy maqsad - bitiruvçilarni mehnat bozoriga tayyor holda çiqariş.
Şu bilan birga, universitet xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etiş va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlaş ustida ham işlamoqda.

Bitiruvçilarning mehnat bozoridagi natijalari
Universitetning rasmiy ma’lumotlariga köra, 2025–2026 öquv yilida universitetni tamomlagan bitiruvçilarning qariyb 60 foizi iş bilan ta’minlangan.













