2024 yil 15 maydan boşlab, yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» elektropoyezdi çiptalari narxi ekonom klass uçun 20 foizga, biznes klass uçun 30 foizga, VIP klass uçun 40 foizga oşiriladi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, çiptalar narxi «temir yöl infratuzilmasini isloh qiliş, elektr-energiya, yoqilği, logistika va transport xarajatlarini qoplaş, şuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarni xarid qiliş maqsadida» oşirilmoqda.
Çiptalarning yangi narxlari quyidagiça böladi:
«Toşkent — Buxoro» yönalişida:
- VIP 890 ming söm;
- Biznes 600 ming söm;
- Ekonom 403 ming söm;
«Toşkent — Qarşi» yönalişida:
- VIP 747 ming söm;
- Biznes 507 ming söm;
- Ekonom 338 ming söm;
«Toşkent — Samarqand» yönalişida:
- VIP 554 ming söm;
- Biznes 358 ming söm;
- Ekonom 244 ming söm.








