Navoiyda bolalar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaga köra, YTHga uçragan bolalar Navoiy şahridagi 11-sonli hamda Karmana tumanidagi 5- va 7-sonli umumiy örta ta’lim maktablarining öquvçilari bölgan. 8- va 9-sinfda öqiydigan 3 nafar bola 23 aprel kuni özlariga begona bölgan fuqaroning Matiz maşinasini olib, Nurota tumaniga sayohatga borgan. Maşinani haydovçilik guvohnomasi bölmagan, voyaga yetmagan bolalarning özlari boşqargan.
Ular ortga qaytişda ruldagi öquvçi boşqaruvni yöqotgan va YTH sodir bölgan. Buning oqibatida 2 öquvçi voqea joyida halok bölgan. Uçinçi öquvçi esa oğir tan jarohati bilan Karmana tumani markaziy şifoxonasiga keltirilgan. Hozirda u ham jonlantiriş bölimida oğir ahvolda qolmoqda.
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Navoiy viloyati IIB JXX YHXB matbuot kotibi bilan boğlandi.
“Hozirda holat yuzasidan, şuningdek, maşina egasi kim ekanligini aniqlaş borasida dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Afsuski, keyingi paytlarda ota-onalar va kattalar tomonidan bolalarga maşina rulini işonib topşiriş holatlari köpaymoqda. Bu esa köngilsiz holatlarga olib kelyapti. Ota-onalardan bu borada ehtiyot bölişni, bolalarga maşina boşqaruvini bermaslikni sörab qolamiz”, deydi Navoiy viloyati IIB JXX YHXB matbuot kotibi Fayozjon Qosimov Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.
Oldinroq Ğallaorol tumanida qoidalarni buzib, katta tezlikda harakatlangan Lacetti maktabga ketayotgan 3 nafar öquvçini urib yuborgani va ular halok bölgani xabar qilingandi.








