Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida 24 yoşli özbekistonlik yigit öğirlab ketildi. Jinoyatçilar unga qurol öqtalib, deyarli million rubl talab qilişgan. Bu haqda 78.ru xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, jabrlanuvçi politsiyaga murojaat qilib, «Nord» savdo markazining avtoturargohida tört kişi unga yaqinlaşib, taksiga xos stikerlar yopiştirilgan maşinaga sudrab olib borib, öğirlab ketişganini aytgan. 

Ular qurol öqtalib, undan 800 ming rubl talab qilişgan. Yigit qörqib ketgan va uyali telefonini, 20 ming rubl naqd pulni bergan, şuningdek, 40 ming rublni jinoyatçilar kartasiga ötkazgan. 

Şundan söng jinoiy guruh jabrlanuvçini Leningrad viloyati, Novoselyye qişloği yaqinida taşlab ketişgan. 

Politsiya Rossiya Jinoyat kodeksining 162-moddasi («Bosqinçilik») bilan jinoiy iş qözğatgan. Ikki gumondor allaqaçon qölga olinib, politsiya bölimiga olib ketilgan. Ular 21 yoşli yigitlar bölib, birisi Qirğizistondan kelgani ta’kidlanmoqda.