Yevropa Ittifoqi va Özbekiston hukumati örtasidagi kelişuvga köra, 2020-2030 yillarga möljallangan Milliy qişloq xöjaligini rivojlantiriş strategiyasi amalini qöllab-quvvatlaşga jami 20 million yevro ajratilişi közda tutilgani sababli, joriy va kelgusi yilda qöşimça grantlar kutilmoqda. 

Umumiy maqsad – Özbekiston xalqini köproq iş örinlari va daromadlar bilan ta’minlaydigan bozorga olib çiqiş, xavfsiz va töyimli oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, barqaror qişloq-oziq-ovqat sektoridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.

«Qişloq xöjaligi sektori Özbekiston iqtisodiyoti uçun juda muhim va fuqarolarni iş bilan ta’minlaydigan asosiy manba hisoblanadi.  Qolaversa, oila fermerlar, Özbekiston fuqarolari tomonidan iste’mol qilinadigan göşt va sabzavotlarning asosiy qismini yetiştiriladi. Şu bois, biz uşbu dehqon xöjaliklarining rivojlanişi, özgaruvçan iqlim şaroitiga moslaşişi, atrof-muhitni muhofaza qilişi, soğlom oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirişi hamda mahalliy va global qiymat zanjirining bir qismiga aylanişiga imkon beradigan islohotlarga e’tibor qaratmoqdamiz. Grant mablağlari Yevropa Ittifoqining GSP+ kabi boşqa taşabbuslari bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqiga eksport hajmini oşirişga yordam beradi», - deya ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Şarlotta Adrian.

Barqaror qişloq-oziq-ovqat sektori Yevropa Ittifoqining Özbekiston uçun uzoq muddatli indikativ dasturining(2021-2027 yillar) uçta strategik ustuvor yönalişlaridan biridir. Boşqa ustuvor yönalişlar yaxşi boşqaruv va inklyuzivlik, şuningdek ekologik va raqamli ösişlardan mavjud. Dastur doirasida 2021 yildan buyon Özbekistonga deyarli 76 million yevro (taxminan 1 trillion söm) ajratildi.