AQŞ öqotar qurol va öq-dorilarni «yuqori darajada xavfli» davlatlarga, jumladan Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikistonga eksport qiliş tartibini kuçaytirmoqda. Bu haqda AQŞ Savdo vazirligi bayonotida aytiladi. 

Unga köra, departamentning Sanoat va xavfsizlik byurosi «öz yurisdiksiyasi ostidagi öqotar qurollar, öq-dorilar va tegişli qismlarni eksport qiliş böyiça çora-tadbirlariga özgartirişlar kirituvçi nizom»ni e’lon qildi. 

Qaror nodavlat taşkilotlarga eksportga tegişli. Çeklovlar qöyiladigan «yuqori darajadagi xavfli» davlatlar röyxatiga 36 mamlakat, jumladan Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikiston kiritilgan. 

Uşbu yangiliklar doirasida boşqarma qurol eksporti litsenziyalarining amal qiliş muddatini ham tört yildan bir yilga qisqartirmoqda. 

Özgarişlar Amerika qurollaridan foydalaniş orqali dunyo mintaqalarida beqarorlikning kuçayişi xavfini kamaytirişga qaratilgan.

Reglament may oyi oxirida kuçga kiradi.