Amerika razvedka idoralari Aleksey Navalniyning ölimida Rossiya rahbariyatining aloqadorligi haqida dalillar topa olmadi. Bu haqda The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib yozdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi, Milliy razvedka direktori idorasi va Davlat departamentining razvedka bölimi Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Navalniyni öldirişga buyruq bermagan» degan xulosaga kelgan. Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Qayd qilinişiça, Navalniy ölimi «Putinning yangi muddatga qayta saylanişiga soya solgan». Şu bilan birga, razvedka ma’lumotlari Putinning Aleksey Navalniy ölimidagi aybini inkor etmasligi ta’kidlanmoqda.
Naşrning qayd etişiça, Qöşma Ştatlar tegişli ma’lumotlarni Yevropa razvedka idoralariga yetkazgan.
Avvalroq, Vladimir Putin saylovoldi ştabida bölib ötgan matbuot anjumanida jurnalistlarga Navalniyning qamoqda ölimidan sal oldin uni «Ğarb davlatlarida qamoqda ötirgan ba’zi odamlarga» almaştiriş taklif qilinganini aytgandi. Uning ta’kidlaşiça, «taklif beruvçining gapini oxirigaça eşitmasdan bunga rozi bölgan». Putin ilgari surgan yagona şart «Navalniy Rossiyaga heç qaçon qaytmasligi» bölgan.
16 fevral kuni Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugi Federal jazoni ijro etiş xizmati (FJIEX) Navalniyning koloniyada ölganini e’lon qildi. Departamentga köra, «Navalniy sayr paytida özini yomon his qilgan, deyarli darhol huşini yöqotgan».
FJIEX xizmati xabarida aytilişiça, «qamoqxona tibbiyot xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan va tez yordam brigadasi çaqirilgan». «Barça zarur reanimatsiya çoralari körilgan, biroq ijobiy natija bermagan. Şoşilinç tibbiy yordam şifokorlari mahkumning ölimini tasdiqlaşgan». Biroq, uning jasadi faqat 24 fevral kuni yaqinlariga topşirildi.
Navalniy sud qaroriga köra, ekstremistik guruh yaratiş jinoiy işi böyiça 19 yillik qamoq jazosini Yamalo-Nenets avtonom okrugining Xarp qişloğidagi IK-3 qamoqxonasida ötayotgan edi. Bungaça u bir qator boşqa jinoyatlar, jumladan, firibgarlik uçun ham sudlangan.













