Avvaliga bu suhbatda iştirok etiş uçun Energetika vazirligi bölim boşliği Nodirbek Pölatov va vazirlik matbuot kotibi Hasan Toşxöjayev ham Kun.uz studiyasiga kelişgandi. Lekin intervyu boşlangaç, elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça tannarx qanday şakllangani borasidagi savoldan keyin vazirlik mas’ullari bu savollarga vazir yoki vazir örinbosari darajasidagi mas’ullar javob berişi kerak degan fikrga keldi va studiyani tark etdi. Vazirlik matbuot kotibi yangi tariflar kuçga kirgunga qadar rahbarlar bilan intervyu taşkil qilib berilişini va’da qildi.
Şu sababli suhbat faqat Otabek Bakirov bilan keçdi.
– 16 aprel kungi qarorni qanday qabul qildingiz, hujjatda közda tutilgan yangiliklarga munosabatingiz qanaqa?
– 2018-2019 yildan keyin Özbekistonda katta islohotlar boşlangan paytda bu masala kötarilişni boşlagan. Energetika islohotini özimizga tasavvur qilsak, bozorga yaqinlaşiş uçun tariflar masalasi birinçi qadamda hal qilinişi kerak bölgan masala edi. Energetika tariflari borasida 4-5 yil avval qanday fikrda bölgan bölsam, hozir ham şu fikrdaman. Tariflar masalasida qöyilgan qadam – töğri qadam, undan boşqa alternativ mavjud emas, lekin bu qilinişi kerak bölgan işlarning bittasi xolos. Undan keyin qöyiladigan qadamlar bor. Ularsiz biz reforma, islohotni boşladik desak xato böladi.
Bu qaror jamoatçilik muhokamasiga qöyilişini xohlagandim, xohlaymizmi-yöqmi, oğriqli masalalarni kun tartibiga qöyayotganda buni jamoatçilik muhokamasiga qöyiş kerak. Jamoatçilikni eşitiş, murakkab savollarga javob beriş kerak böladi, çunki eng töğri qonunlar jamoatçilik kelişuvi asosida qabul qilingan qonunlardir.
Ikkinçisi, 16 aprel kuni qaror qabul qilingaç, qaror qabul qiluvçilar, xususan Energetika vazirligi xalqqa yuzlanadi, özlari tuşuntiradi, ötgan yil yuz bergan holatlar, xatolar haqida gapiriladi, kerak bölsa mas’uliyatni olib, oldinda bizni kutayotgan istiqbol haqida oçiq-oydin gapiriladi, kommunikatsiya boşlanadi deb öylagan edim, afsuski, unday bölmadi. Lekin haliyam umid bor, energetika sohasidagi rahbarlar xalq bilan örtada işonç tiklanişi uçun muloqotni yölga qöyişlariga umid qilaman.
Doim şok qarorlarni qabul qilganda, şok bir marta röy berişi kerak deb aytaman. Ikki, uç martaga qoldirilgan şoklarning foydasidan ziyoni köp böladi. Kasal qölni bir martada kesib taşlaş kerak, bemor oğriqni ikki marta his qilmasligi kerak. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilganda fikrimni bildirgan bölardim. Masalaning bir qismini keyingi yilga qoldirmaslik kerak edi. Biz toki regulyatsiya qilinadigan bozorga yetgunimizgaça bir marta tariflar oşirilişi va masalaga nuqta qöyilişi hamda undan keyin bozor xatti-harakatlarini boşlaş töğri bölardi.











