2024 yil 27 apreldan 28 aprelga ötar tunda Özbekistonning bir qator toğli hududlarida qor yoğib ötgan.
Jumladan, Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida Maydanak observatoriyasi atroflarida, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi yuqori dam oliş maskanlarida va Qamçiq dovonidan ötgan avtomobil yölining yuqori qismlarida qor yoğgan.
Özgidrometning xabar berişiça, 27 aprel tunda Qamçiq dovonidagi dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikdagi “Qamçiq” meteorologik stansiyasida va Zomin toğlarida havo harorati 0 darajagaça tuşib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra Qozoğistonning Toşkent viloyati bilan çegaradoş bölgan Jambil viloyatida 27 aprel kuni kunduzi qor yoğgan.
Özgidrometga köra, 2024 yil 28 aprel kuni tongda Özbekistonning asosiy yirik şaharlarida havo harorati +4 dan + 9 darajagaça iliq bölgan. Faqat Termiz va vodiy viloyatlaridagi şaharlarda harorat +10 darajadan yuqori bölgan.













