2024 yil 25 aprel kuni soat 14:30 lar çamasida Qöqon şahridagi bozor oldida, piyodalar yölagidan ötayotgan 24 yoşli ayolni Matiz avtomobili urib ketgan.
Oqibatda ayol oğir tan jarohatlari olgan va şifoxonaga yotqizilgan. Ma’lum bölişiça, maşina boşqaruvida maktabning 11-sinf öquvçisi bölgan.
Kun.uz jabrlanuvçi ayol yotgan Qöqon şahar Tez tibbiy yordam bölimi bilan boğlanib, bemorning holati va unga qöyilgan taşxis haqida ma’lumot oldi.
Şifokorlar jabrlanuvçi oğir tan jarohatlari bilan olib kelingani va uning jarohatlari jiddiy ekanini ma’lum qilişdi.
Biroq jabrlanuvçining yaqinlari Kun.uzʼga mahalla profilaktika inspektori ayolni kasalxonadan çiqarib yuborişga urinayotganini ma’lum qilişdi.












