Boşlangan iş haftasi davomida Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat Farğona vodiysi viloyatlarida ertaga, 30 aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.

“Özgidromet” xabariga köra, ötgan dam oliş kunlari havo biroz salqinlaşganidan söng, harorat foni kötarila boşlaydi va hafta örtasidan kunduz kunlari +24...+29 darajagaça, ba’zi joylarda +31 darajagaça isiydi. Keçalari harorat +10...+15 darajagaça kötariladi.

Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning toğli hududlarida 29-30 aprel kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi. Baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 2000 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 29 apreldan 3 maygaça yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan örtaça tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat +21...+24 daraja atrofida böladi, 1-3 may kunlari +25...+29 darajagaça kötariladi. Harorat keçalari +12...+15 darajani taşkil etadi.