Boş prokuratura huzuridagi departamentning Past Darğom tuman bölimi tomonidan IIB, “Özenergoinspeksiya” va GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.

Unda, “Nayman”  MFY hududidagi xonadonda yaşovçi Ğ.X. öziga qaraşli issiqxonaga heç qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qölbola usulda yasalgan isitiş uskunalarini özboşimçalik bilan örnatib, jami 688,9 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasi hududidagi xonadonda yaşovçi X.Ş. öziga tegişli issiqxonada qölbola usulda yasalgan isitiş uskunalarini örnatib, 329,6 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Departamentning Böston tuman bölimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tadbir ötkazilgan.

Unda, T-I. MÇJ mas’ul şaxslari tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul şaxslari bilan özaro til biriktirib, MÇJga qaraşli binoda nazorat muhri bölmagan elektr hisoblagiçni örnatib, jami 105,2 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.