Angliya Liga kubogi. 3-bosqiç.
«Mançester Siti» – «Norviç» 5:0
Gollar: Samba 29, 54, Şerki 32, Allan 48, Makaydu 90.
«Mançester Siti»: Ruli, Husanov, Reys, ÖRayli, Lyuis, Kovaçiç, Buaddi, Allan (Breytuey, 71), Samba, Ait-Nuri, Şerki (Makaydu, 46).
«Norviç»: Grimşou, Fişer, Darling, Alveş (Makkonvil 71), Yongva, Rayt, Fild, Srnats (Musaba 62), Slimane (Ture, 71), Diallo (Maghoma, 46) Kvistgarden (Şvartau 85).
Ogohlantiriş: Fişer, 30
«Mançester Siti» Angliya Liga kubogining 1/16 final bosqiçi doirasida öz uyida chempionship vakili «Norviç»ni qabul qildi va yirik hisobda ğalaba qozondi – 5:0.
Enso Mareska tarkibda katta rotatsiyaga qöl urdi, xususan, Abduqodir Husanovni boşlanğiç tarkibga qaytardi (bungaça u ketma-ket ikki öyinda asosiy tarkibdan çetda qolgan, YeÇLda «Portu»ga qarşi öyinda zaxiradan tuşgan, APLda «MU»ga qarşi öyinda umuman öynamagandi).
Şu kuni «şaharliklar» safida ilk öyinini ötkazgan 17 yoşli Floyd Samba dubl qayd etdi. Uşbu yarimhimoyaçi 29- va 54-daqiqalarda darvozani işğol qildi. Şuningdek, Rayan Şerki (32-daqiqa), Allan (48) va 18 yoşli Rayan Makaydu (90) ham öz hisobiga bittadan gol yozib qöyişdi.
Endi oktabr oyi oxirida turnirning 1/8 final bosqiçi doirasida «Mançester Siti» «Brayton»ga qarşi öynaydi, uşbu jamoa 1/16 finalda «Mançester Yunayted»ni mağlub etib (3:2), turnirdan çiqarib yuborgandi.











