«Yettilik guruhi» (G7) mamlakatlari energetika vazirlari 2030-yillarning birinçi yarmigaça elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan foydalanişni bosqiçma-bosqiç töxtatiş böyiça prinsipial kelişuvga erişdi. «Texnik kelişuv bor», dedi Italiya energetika vaziri Jilberto Piketto-Fratin 29 aprel, duşanba kuni Turindagi uçraşuvda.
Yakuniy kelişuv 30 aprel, seşanba kuni imzolanişi kerak. Şu kuni iqtisodiyotni karbonsizlantiriş böyiça batafsil reja e’lon qilinadi. «Katta yettilik» davlatlari 2023 yilda kömirda işlovçi elektr stansiyalarini bosqiçma-bosqiç töxtatişga kelişib oldi, biroq davlatlar umumiy sana böyiça bir qarorga kelmadi.
BMT iqlim böyiça sammiti qazib olinadigan yoqilğidan voz keçişga çaqirdi
Yakuniy kelişuv BMTning 2023 yilda Dubayda bölib ötgan iqlim konferensiyasida kelişilgan maqsadlarga erişiş yölidagi qadam böladi. COP28 yakuniy hujjati qazib olinadigan yoqilğilardan bosqiçma-bosqiç voz keçişni talab qiladi, ammo unda kömir, neft va gazdan voz keçiş aniq belgilanmagan.
Şu bilan birga, bu yil G7’ga raislik qilayotgan Italiya 2025 yilgaça Sardiniya orolidagidan taşqari barça kömir elektr stansiyalarini öçirib qöyiş niyatida. Hozirda elektr energiyasining 26 foizi kömirda işlaydigan elektr stansiyalaridan olinadigan Germaniya 2038 yilgaça kömirdan butunlay voz keçişni rejalaştirgan.













