YTH oqibatida maşinasiga şikast yetgani uçun suğurta tölovini undiriş qançalar qiyin ekanligini bu iş boşiga tuşganlar yaxşi bilişadi. Agar maşina boşqa bir maşina bilan töqnaşib ketgan bölsa va iş sudda körilib, yetkazilgan zararni undiriş ijro uçun MIBga ötgan bölsa, bu ovoragarçilik ikki hissa oşadi.
Ya’ni MIB tomonidan qarzdorga tölovni ixtiyoriy tölaş uçun ma’lum bir vaqt beriladi. Qarzdor suğurta kompaniyasidan umidvor bölib, ularga murojaat qiladi. Ayni şu nuqtada suğurta kompaniyasining tölovni öz vaqtida amalga oşirib bermasdan kuttirişi (sarson qilişi desa ham xato bölmaydi) Majburiy ijro byurosi talablariga mos kelmaydi: MIBning “soat strelkasi” aylanaveradi, suğurta kompaniyasi esa erta-indin deya çözib yuraveradi, örtada haydovçi sarson, kamiga otning kallasiday jarima ham naqd.
Fuqaro A.A. 2024 yilning 29 fevral kuni soat 11:00lar atrofida Cobalt maşinasini Toşkent şahar Yakkasaroy tumani Ş.Rustaveli köçasi böylab boşqarib, YTHga uçraydi. U bir yönalişda harakatlanib borayotgan Lacetti maşinasini bilan töqnaşuv sodir qilgan. YTH oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Faqat baholaş hisobotiga köra, Lacetti maşinasiga 8 mln 328 ming sömlik zarar yetgan.
Mazkur iş 2024 yil 7 mart kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida körib çiqilgan. Sud qarori bilan A.A. BHMning 5 baravari (1,7 mln söm) miqdorida jarimaga tortilgan va undan Lacetti maşinasi egasiga 8 mln 828 ming söm moddiy zarar undiriş belgilangan.
A.A. boşqaruvidagi Cobalt avtomobili “Kapital suğurta” kompaniyasi tomonidan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisidagi qonun talabi böyiça 2023 yil 13 iyun kuni elektron tarzda suğurtalangan bölgan.
Iş böyiça sud qarori çiqqaç, 2024 yilning 12 mart kuni suğurta kompaniyasiga zararni qoplab beriş yuzasidan ariza bilan murojaat qilingan. Ammo oradan qariyb 2 oy ötganiga qaramasdan suğurta kompaniyasi suğurta tölovini tölab bermasdan kelmoqda.
Bu vaqtga kelib esa sud qarori asosida MIB tomonidan ijro harakatlari boşlangan. Kamiga qarzdorga qariyb 450 ming söm ijro yiğimi qöllanilgan va unga BHMning 5 barobaridan 10 barobarigaça miqdorida jarima xavf solmoqda.
Kun.uz muxbiri kompaniya matbuot xizmati bilan boğlanib, vaziyatga oydinlik kiritişga, suğurta tölovini tölab berişni tezlaştiriş imkoni bor-yöqligini aniqlaşga harakat qildi. Holatga aniqlik kiritişni va’da qilgan matbuot kotibi tahririyat bilan qaytib boğlanmadi, keyin unga qilingan qönğiroqlarni esa javobsiz qoldirdi.
Aslida tartib qanday bölişi kerak?











