ANORBANK Ar-Riyod şahrida bölib ötgan Islom taraqqiyoti bankining yillik anjuman yiğilişi hamda bank faoliyatining 50 yilligiga bağişlangan oltin yubileyida iştirok etdi. Tadbirlar doirasida ANORBANK hamda Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi (XSRIK) Özbekistonda birinçi Islom bankini taşkil etiş loyihasini hamkorlikda amalga oşirişga kelişib oldi.

27-30 aprel kunlari Ar-Riyod şahrida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud homiyligida Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) yillik anjuman yiğilişi va oltin yubileyi bölib ötdi. Tadbirlarda xalqaro va mintaqaviy moliya institutlari, Islom banklari, xususiy sektor kompaniyalari, nodavlat notijorat taşkilotlari, Savdo-sanoat palatalari hamda işbilarmonlar kengaşlari delegatlari qatorida ANORBANK vakillari ham iştirok etişdi.

Uç kun davomida delegatlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va özaro hamkorlikni kengaytiriş yöllarini örganişdi. ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi bilan özaro anglaşuv memorandumini imzoladi, unga köra bank va XSRIK investitsiya imkoniyatlari va moliyalaştirişni örganiş va aniqlaşda yaqindan hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda. Xususan, ANORBANK va XSRIK Özbekistonda birinçi Islom bankini taşkil etiş loyihasini birgalikda işlab çiqişga kelişib oldilar. XSRIK, ANORBANK va boşqa xorijiy kompaniyalar investitsiya kiritişi kutilayotgan yangi bank Özbekiston qonunçiligiga muvofiq taşkil etiladi va mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etiş va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.

Ma’lumot uçun: Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi (XSRIK) köp tomonlama rivojlaniş moliya instituti bölib, u öziga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaydi. Jidda şahrida joylaşgan uşbu korporatsiya Islom taraqqiyoti banki (IDB) guruhining bir qismi sanaladi. 

Öz navbatida, ANORBANK birinçi mahalliy raqamli tijorat banki hamda Özbekistonning eng qimmat brendlaridan biri bölib, u mijozlarga xizmat körsatişni rivojlantiriş böyiça muntazam ravişda yangi loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini özida mujassam qilgan işonçli mahsulotlarni yaratişdir.

ANORBANK’ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil