Joriy yilning 30 aprel kuni Toşkent viloyatining Parkent tumanida joylaşgan Kumuşkon va Çaşma qişloqlariga «turizm qişloği» maqomi berilişi munosabati bilan rasmiy tadbir bölib ötdi.

Unda Turizm qömitasi raisi Umid Şodiyev, Parkent tumani hokimi Sardor Isoqulov, Kumuşkon va Çaşma qişloqlari mutasaddilari, tuman faollari iştirok etdi.

Kumuşkon va Çaşma qişloqlari tabiati, toza havosi, yaşaş tarzi, madaniy meros obekti va ziyoratgohlari bilan sayyohlarni öziga jalb qilmoqda. Ötgan yili Parkent tumanida 50 mingga yaqin xorijiy va 900 mingga yaqin mahalliy sayyohlar mehmon böldi. 

Mahallalarning turizm salohiyati va respublika komissiyasi ijobiy xulosasiga köra, Turizm qömitasi Kumuşkon va Çaşma qişloqlariga «Turizm qişloği» maqomini beriş töğrisida qaror qabul qildi.

Joriy yil hududlarda turizm sohasini rivojlantiriş va sayyohlarga qulaylik yaratiş böyiça keng kölamli obodonçilik işlari va turizm obektlarini taşkil etiş böyiça işlar amalga oşirildi va keyingi yillarda ham mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori sifatda turizm xizmatlari yölga qöyilişi tizimli ravişda olib boriladi.