Rossiyaning törtta viloyati yana uçuvçisiz uçoqlar tomonidan hujumga uçradi, Rossiya Mudofaa vazirligi bunda Ukrainani aybladi. Departamentning ta’kidlaşiça, 1 may, çorşanbaga ötar keçasi Voronej viloyati hududida uçta, Ryazan, Belgorod va Kursk viloyatlari uzra bittadan uçuvçisiz uçoq urib tuşirilgan.
Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusevning sözlariga köra, uçiş apparatlaridan biri viloyat markazi çekkasida urib tuşirilgan. «Bir uçuvçisiz uçoqning vayronalari qulaşi natijasida uçta xususiy uyga zarar yetdi: derazalari, fasadlari, panjaralari va eşiklari şikastlangan», — deb yozdi u Telegram’da.
Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkov viloyatda heç kim jabrlanmaganini aytdi. Kursk viloyati rahbari Roman Starovoyt ehtimoliy vayronagarçilik va qurbonlar haqida ma’lumot bermay, Medvenskiy tumanidagi hujumni tasdiqladi.
«Ukrainskaya pravda» gazetasi «GUR»ning maxsus operatsiyasi haqida yozyapti
Ayni paytda, «Ukrainskaya pravda» Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasidagi («GUR») manbasiga tayanib, Ryazan neftni qayta işlaş zavodi, şuningdek, Voronej viloyatidagi neftni qayta işlaş zavodi uçuvçisiz uçoqlar hujumiga uçragani haqida yozmoqda.
1 mayga ötar keçasi kuzatilgan hujum «GUR» tomonidan amalga oşirilgan maxsus operatsiya böldi, dedi naşr suhbatdoşi. «Ryazandagi harbiy nişonga katta zarar yetdi», dedi u. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, Voronej viloyatidagi hujum oqibatlariga oydinlik kiritilmoqda.
Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlar
Bahor boşidan beri Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlar kuçaydi. Xususan, 12 mart kuni Rossiyadagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri – Nijniy Novgorod zavodida yonğin sodir böldi, 13 mart kuni esa UUA Ryazan neft zavodi va Rostov-Don yaqinidagi Novoşaxtinskiy neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi. 16 mart kuni dronlar Samara viloyatidagi ikkita neftni qayta işlaş zavodiga hujum amalga oşirdi. 17 martga ötar keçasi dronlar Slavyansk-Kuban şahridagi Slavyansk neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilişga uringan. 27 aprel kuni Slavyansk neftni qayta işlaş zavodiga yangi hujum uyuştirildi. Mahalliy matbuot xabar berişiça, Ukraina Qurolli kuçlarining uçuvçisiz uçoqlari Krasnodar ölkasi Severskiy tumanidagi Ilskiy neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilgan.














