— 2018 yilda Özbekiston va Turkiya prezidentlari ikki mamlakat orasidagi savdo hajmini 5 milliardga yetkazişga kelişib olişgan edi. Ammo, 6 yil ötdiki, bu rejalar hali amalga oşmadi, bu borada qanday sabablar va muammolar mavjud?

— Bir tomondan qarasak, xabaringiz bor, 3 milliard oşdi. Bu juda yaxşi natija. Bugungi dunyo juda oğir vaziyatni boşdan ötkazmoqda. Butun dunyo iqtisodiyoti inqirozni boşdan keçirdi. Xususan, pandemiya butun dunyoga öz ta’sirini ötkazdi, aholining ösişi, mamlakatning savdosiga ta’sir qildi. Şu bilan birga, butun dunyoda bu kabi muammolar mavjud, lekin barçasiga qaramasdan, Özbekiston va Turkiya ijobiy yöldan ketmoqda.

Ötgan yili dunyo aholisi 3 foizga oşgan bölsa, Özbekiston aholisi 6 foizga, Turkiya aholisi esa 4,5 foizga oşdi. Özbekiston aholisi ham, Turkiya aholisi ham dunyo aholisining ösişiga qaraganda yanada tezroq ösmoqda. Tijoratimiz ham, turizmimiz ham oşib bormoqda. Rejalaştirgan maqsadlarimizga yaqinlaşdik, Xudo xohlasa, bu maqsadlarimizga erişib, bundan kattaroq rejalarimizga qarab ildam qadam taşlaymiz.

Xabaringiz bor, iyun oyida yuqori darajali strategik hamkorlik kengaşi yiğilişi bölib ötadi. U yerda yangi marralarni belgilaşimizga işonçim komil.

— Bugun prezident bilan körişdingiz. Nimalar haqida gaplaşdingiz?

— Men janob Mirziyoyevni ançadan beri kuzatib kelmoqdaman. Juda kuçli, haqiqatan mamlakati uçun juda katta işlar qila olgan lider. Erkin bozorga çiqiş, taşqi dunyo uçun oçiliş, islohotlar, taşkiliy tuzilmalarning rivojlanişi kabi katta işlarni amalga oşirmoqdalar. Men ham vaqti-vaqti bilan kelib-ketayotganimda özgarişlarni köryapman. Endi ba’zida içkarida yaşayotganlar körolmayotgan bölişi mumkin. Taşqaridan kelib ketsangiz, bunday özgarişlarni, rivojlanişlarni yanada yaxşiroq köra olasiz. Butun Özbekiston xuddi bir inşoot kabi – özgarişlar içida.

Biz nafaqat Özbekistondagi rivojlanişlar-u, ikki tomonlama hamkorligimizni, qolaversa, boşqa platformalar – Turkiy davlatlar taşkiloti kabi platformalardagi munosabatlarimizni ham muhokama qildik. Davlat rahbari janob Mirziyoyevning turli masalalardagi fikrlarini eşitiş imkoniyatiga ega böldik. U ba’zi muhim masalalarga e’tibor qaratdi. Bu masalalar böyiça ham [boş vazir örinbosari] janob Jamşid Qöçqorov bilan birga yaqindan şuğullanamiz.

— Ğazo masalasiga ham töxtalib ötsangiz. Falastin kelajagi borasida nima deya olasiz?

— U yerda, şubhasiz, insoniyat dramasi sodir bölmoqda. Hammamizning yuragimizni ezayotgan sahnalarga guvoh bölmoqdamiz. Eng qisqa fursatda öşa yerdagi qiynoqlar töxtaşini umid qilib qolamiz. Birinçi örinda öt oçiş töxtatilişi kerak. Şundan keyin, insoniylikdan çetda bölgan töqnaşuvlar tugaşi kerak deb işonamiz. Boşqa tomondan, u yerda yaşayotgan begunoh aholiga ham tez orada gumanitar yordam yetkazilişi kerak.

Öt oçiş töxtab, gumanitar yordam yetkazilgandan keyin ham barqaror bir yeçim, barqaror bir tinçlik uçun nima qiliş kerak bölsa, amalga oşirilişi kerak. Turkiya gumanitar yordam böyiça birinçilar qatorida, ba’zan birinçi, ba’zan ikkinçi örinda bölmoqdamiz. Har qanday kuçimizni sarflayapmiz, öt oçişni töxtatiş uçun ham har qanday diplomatik harakatlarni amalga oşirmoqdamiz. Tinçlik örnatiş jarayoni, barqaror bir yeçim jarayoni, siyosiy bir yeçim jarayonlari oldinga yursa, bunday paytda kafil böluvçi mamlakat böliş bilan birga, har qanday çora-tadbirlar amalga oşirişga tayyormiz.

Hozir, xabaringiz bor, Xalqaro sudda ham bu mavzu muhokama qilinmoqda, huquqiy jihatdan körib çiqilmoqda, Isroil davlati boşqaruvi sud işida körib çiqilyapti. Turkiya sifatida biz ham u yerdagi da’voga qöşilamiz, biz ham bu işning bir bölagi bölamiz va kuzatib turamiz.