Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Isroil hukumatini falastinliklarga qarşi genotsidda ayblab, u bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qildi. Agar Falastin xalqi halok bölsa, butun insoniyat halok böladi, dedi u 1 may, çorşanba kuni Bogota şahrida Xalqaro mehnat kuni munosabati bilan qilgan çiqişida. «Va biz uning ölişiga yöl qöymaymiz», dedi söl partiyalar koalitsiyasidan bölgan siyosatçi. Uning qöşimça qilişiça, Isroil bilan aloqalar 2 may kuni uziladi.

Bunga javoban Isroil rasmiylari Kolumbiya prezidentining bayonotlarini keskin qoraladi. Tarix u notöğri tomonni egallaganini hali körsatadi, deya ma’lum qildi Isroil TIV. Idora boşliği Israel Kats Petroni «HAMAS qotillari va zöravonlarini mukofotlaşni» va’da qilgan «antisemit» deb atadi.

Kolumbiya JARning Isroilga qarşi da’vosini qöllab-quvvatlayapti

2023 yil 7 oktyabrda HAMAS guruhi tomonidan Isroilga qilingan hujum va javob operatsiyasi boşlanganidan söng Petro Isroil hukumati harakatlarini tanqid qilib, ularni falastinliklarga qarşi genotsidda aybladi. Bundan taşqari, u ilgari Kolumbiyaga eng yirik qurol yetkazib beruvçilaridan biri bölgan Isroildan qurol sotib olişni töxtatdi. 

Siyosatga kirişidan oldin Petro M19 partizan guruhining a’zosi edi, u tarqatib yuborilişidan oldin, boşqa narsalar qatori, Isroil muassasalariga hujumlar uyuştirgan. 2022 yilning yozidan beri hokimiyat tepasida turgan prezident hozirda saylovçilar orasida past reytingga ega. Braziliya bilan birgalikda Kolumbiya Haagadagi Xalqaro jinoiy sudda Isroilga qarşi JAR tomonidan boşlangan sud jarayonini qöllab-quvvatlaydi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 34 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.