Maşrab Kimsanov 1955 yil 17 avgust kuni tuğilgan. 1976-1979 yillarda “Özbekfilm” kinostudiyasida rejissyor assistenti bölib işlagan. 1983 yilda “VGIK”ning aktyorlik fakultetini tamomlagan.
U 1983-1986 yillarda “Özbekfilm” kinostudiyasi aktyori, 1986 yildan “Özbekfilm” kinostudiyasi qoşidagi Kinoaktyor eksperimental teatr-studiyasida xizmat qilgan.
Maşrab Kimsanov "Vodillik kelin", "Olovli yöllar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqça", "Onaginam orzusi" kabi köplab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Şuningdek, ijodkor "Toğlik kuyov" filmining postanovkaçi rejissyori hisoblanadi.
U 1999 yilda Özbekistonda xizmat körsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.








