Joriy yilning 2 may kuni Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov Özbekistonga taşrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Qirğiziston hukumati delegatsiyasining mamlakatga taşrifi dasturidan uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş böyiça Özbekiston – Qirğiziston hukumatlararo qöşma komissiyasining ön birinçi yiğilişida iştirok etiş va boşqa masalalar örin olgan.