Özbekiston elçisi Aşraf Xöjayev Qatar mehnat vaziri Ali bin Samix al-Marri bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Muzokaralar davomida ikki davlat rahbarlari örtasida yaqin döstlik va birodarlik aloqalari örnatilgani hamda 2023 yilda uç marotaba oliy darajadagi taşriflar taşkil etilgani yuqori baholandi. 2023 yil iyun oyida Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning Samarqandga taşrifi davomida ikki davlat hukumatlari örtasida işçilarni işga qabul qiliş böyiça hamkorlik bitimi imzolanganiga alohida e’tibor qaratildi.

Uşbu hujjatga muvofiq, qöşma qömitaning birinçi yiğilişini Toşkentda ötkaziş va tomonlar örtasida Özbekiston fuqarolarini Qatarda iş bilan ta’minlaş böyiça özaro muzokaralar uyuştiriş töğrisida kelişib olindi.

Bundan taşqari, Qatar mehnat vazirligi talabiga muvofiq, kadrlarni mamlakatdagi alohida markazlarda öqiş xususida fikr almaşildi. 

Qatar tomoni oxirgi 10 yil davomida asosan quriş sohasiga xorijdan kadrlarni jalb etilayotganini, hozir kunda esa turizm, soğliqni saqlaş, transport, kompyuter texnologiyalari va boşqa sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqoriligini bildirdi. Qatar tomoni bu yönalişda Özbekiston muhim hamkor böla olişini alohida ta’kidladi.