Ukrainaga hujum va Rossiyada safarbarlik boşlanganidan keyin xorijga qoçgan minglab rossiyaliklar keyinçalik öz vataniga qaytib, mamlakatning ijobiy iqtisodiy körsatkiçlariga hissa qöşmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi 2 may, payşanba kuni ma’lumot berdi. Uning hisob-kitoblariga köra, qaytib kelganlar iqtisodiy faolligi Rossiya Federatsiyasi yillik iqtisodiy ösişining uçdan bir qismini taşkil etgan.
Agentlik ta’kidlaşiça, qaytganlar umumiy bandlikning atigi 0,3 foizini taşkil qiladi, bu mehnat bozoridagi keskin tanqislik holatini sezilarli darajada yaxşilamasligi mumkin, ammo qaytib kelganlarning iqtisodiy faoliyatga qöşgan ulkan hissasini ta’kidlaydi.
Bloomberg eslatişiça, 2023 yil örtalarida Kreml Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin mamlakatni tark etganlarning yarmi Rossiyaga qaytganini ma’lum qilgandi. Agentlik ma’lumotlariga köra, buni rossiyaliklar köçib ötişi uçun eng maşhur yönalişlar böyiça statistik ma’lumotlar, şuningdek, ularga köçişda yordam beradigan kompaniyalar ma’lumotlari tasdiqlagan. Xususan, Moskvaning Finion kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda ketgan mijozlarining taxminan 40-45 foizi Rossiyaga qaytgan.
Rossiyaga qaytiş qaroriga ta’sir qilgan sabablar orasida mahalliy hokimiyat organlarining yaşaş uçun ruxsatnoma beriş yoki uzaytirişdan boş tortişi, pul ötkazişdagi qiyinçiliklar va işga joylaşişdagi murakkabliklar bor.













