Toşkent viloyatida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, joriy yil 29 aprel kuni Toşkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi oqimi böylab ekologik nazorat tadbirlari ötkazilgan. Tekşiriş davomida daryoning Oqqörğon tumani, “Eltamğali” MFY, Körik qişloğidan oqib ötuvçi qismida 2 nafar fuqaro tomonidan motorli qayiq va tör yordamida ov qiliş qoidalariga zid ravişda baliq ovlanayotgani aniqlangan.
Brakonerlardan ov qilişni töxtatiş söralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eşkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitişgan va voqea joyidan qoçişgan.
Oqqörğon tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni yuqoridagi 2 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Ma’lumot uçun Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismiga köra, xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilini qanday şaklda bölmasin özining xizmat vazifasini bajariş yoki fuqaroviy burçini bajarişdan voz keçişga, şuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etişga majbur qiliş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Avvalroq Toşkent viloyatida ekologiya inspektorlari brakonerlar hujumiga uçragani xabar qilingandi. Huquqbuzarlar inspektorlarga hujum qilib, ularni suvga itarib yuborgan. Şuningdek, brakonerlar inspektorlarning rezina qayiğini yorgan. Inspektorlar daryo qirğoğiga suzib çiqqan.












