Guliston şahrida yöl çetida turgan “Nexia” maşinasining gazballoni portlagan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 4 may kuni soat 14:03 da fuqaro L.N. boşqaruvida bölgan “Nexia” maşinasi Guliston şahar Döstlik mahallasi, Xondamir köçasi yöl çetida töxtab turgan vaqtda unga örnatilgan gazballoni portlagan.

Qayd etilişiça, hodisa sodir bölgan vaqtda maşina salonida heç kim bölmagan. Hodisada oğir turdagi tan jarohati olganlar yöq.

Hodisa jarayoni atrofdagi kuzatuv kameralaridan biriga muhrlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda portlaşdan söng maşina kiçik bölaklarga bölinib ketganini köriş mumkin.