Bangladeş va Özbekiston örtasidagi aviaqatnovlar tiklanişi mumkin. Bu haqda Bangladeş Vazirlar Mahkamasi kotibi Mahbub Husayn xabar berdi.
Uning sözlariga köra, boş vazir Şayx Xasina rahbarligidagi Vazirlar Mahkamasi ikki tomonlama kelişuv loyihasini tasdiqlagan.
«Töğridan-töğri reyslarning qayta yölga qöyilişi Özbekiston va Bangladeş kabi tarix va madaniyatga boy mamlakatlarda turizm rivojiga yangi bosqiç baxş etadi», dedi u.
Qayd qilinişiça, Bangladeş va Özbekiston örtasida 1993-2005 yillarda töğridan-töğri reyslar amalga oşirilgan.













