Isroil Ğazo sektoridagi Rafah şahrida harbiy amaliyotga tayyorgarlik körayotgan bir paytda aholini bu şahardan evakuatsiya qila boşladi. Isroil harbiylari 6 may, duşanba kuni Misr bilan çegarada joylaşgan Rafah şarqiy qismi aholisini «kengaytirilgan gumanitar hudud» – Örta Yer dengizi sohilida bir neça kilometr şimolda joylaşgan Al-Mavozi lageriga köçib ötişga çaqirdi.
Isroil armiyasi Rafah aholisini evakuatsiya haqida arab tilida plakatlar, sms, telefon qönğiroqlari va OAV orqali xabardor qilayotganini bildirdi. «Bugun ertalab biz Rafah şarqiy qismi aholisini vaqtinça evakuatsiya qiliş uçun operatsiya boşladik», dedi Isroil harbiy voizi onlayn-matbuot anjumanida va evakuatsiya 100 mingga yaqin odamni qamrab olganini qöşimça qildi.
HAMASning Ğazo sektoridagi sönggi tayanç nuqtasi
Qohirada Isroil va HAMAS harakati örtasida öt oçişni töxtatiş va falastinlik mahbuslar evaziga garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça olib borilgan bilvosita muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Rafahda 1,2 millionga yaqin falastinlik Isroil armiyasi va HAMAS kuçlari örtasidagi janglardan boşpana topgan. Isroil hukumati Rafahni HAMASning Falastindagi sönggi tayanç nuqtasi deb hisoblaydi va qolgan jangçi guruhlarni mağlub etiş niyatida. Rafahda isroillik garovga olinganlar ham borligi taxmin qilinmoqda.
Ittifoqçilar köp sonli tinç aholi qurbon bölişidan taşvilanib, bir neça oy davomida Isroilni Rafahdagi harbiy harakatlardan tiyilişga çaqirmoqda, biroq Isroil hujumni HAMAS harbiy salohiyatini mağlub etiş uçun muhim deb ataydi va aks holda guruh uruşdan keyin kuçayişini ta’kidlaydi.
Bir kun avval HAMAS jangçilari Isroilning Kerem-Şalom çegara punktiga raketa zarbalari berib, uç isroillik askarni öldirdi. Kerem-Şalom - Isroildan Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilişi uçun eng muhim çegara nazorat punkti hisoblanadi. Hujumdan keyin Isroil uni gumanitar yuk taşiş uçun yopdi va raketalar otilgani taxmin qilingan Rafah yaqinidagi aholi punktiga javob zarbalarini berdi. Töqqiz falastinlik halok bölgani xabar qilingan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.














