9−10 may kunlari Özbekistonning barça hududlariga nam havo massalari tarqaladi.
“Özgidromet” xabariga köra, duşanba kuni kunduzi respublikaning katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari ayrim joylarida va Farğona vodiysi ba’zi joylarida kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati +23…+28 daraja atrofida böladi.
Seşanba va çorşanba kunlari respublikaning ğarbiy hududlariga nam havo yana bir qismi kirib kelişi boşlanadi. 7−8 mayda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 8 mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq böladi.
Respublikaning qolgan hududlarida bu kunlari quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati +30…+33 darajagaça kötariladi.
9−10 may kunlari köp viloyatlarda yomğir yoğadi, ba’zi joylarda momaqaldiroq böladi. Faqat 9 mayda Farğona vodiysida, 10 mayda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomğir yoğişi kutilmaydi. Bu kunlarda havo harorati pasayadi va 10 mayga kelib +20…+25 darajagaça böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi. Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 6 mayda kunning ikkinçi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 7−8 mayda yoğingarçilik kutilmaydi. 9−10 mayda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Baland toğlarda (2000 metrdan yuqorida) 10 may kuni yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor. Qor köçişi xavfi saqlanib turadi.
Toşkent şahrida 6 mayda kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +26…+28 daraja böladi. 7−8 may kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +30…+33 darajagaça kötariladi.
9 mayda kun ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +30…+32 daraja böladi. 10 mayda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +22…+25 darajagaça pasayadi.













