“Özbekiston temir yöllari” Amudaryo tumanida Amudaryo ustidan ötgan yangi avtomobil va temiryöl köprigi 7-9 may kunlari avtotransportlar harakati uçun töxtatilişi haqida xabar berib, söng buni rad etdi.

Birlamçi xabarda (ayni paytda öçirilgan) Qipçoq – Blokpost stansiyalari oraliğidagi temiryöl kesişmasini jihozlaş böyiça qöşimça işlar olib borilişi, şu sababli 7 may kuni soat 14:00 dan 9 may soat 14:00 gaça köprikda avtotransport vositalari harakati vaqtinça töxtatilişi, bu davrda avtotransportlar harakati Qipçoq ponton köprigi orqali amalga oşirilişi aytilgandi.

Bir neça soat ötib, kompaniya köprik yopilmasligini ma’lum qildi.

“7-9 may kunlari Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasini boğlovçi köprik yopilmaydi. Avtotransportlar qatnovi odatdagi rejimda davom etadi”, – deyiladi tuzatuvçi xabarda.

Ma’lumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatini boğlovçi bu köprik şu yil 29 fevralda oçilgan edi.

Köprik uzunligi 423 metr. U bilan birga Şovot-Qoraözak bekatlarini boğlaydigan 85 kilometrlik temiryöl hamda 3 ta vokzal ham barpo etilgan.

Bu inşoot samarasida yölning ötkaziş qobiliyati 4 barobarga oşib, bir keça-kunduzda 12 ming avtomobil harakatlanadi. Natijada 48 ming yölovçining 2 soat vaqti tejaladi va daryodan xavfsiz ötişi ta’minlanadi.