Biroq Telegram-kanalimning aloqa botiga xorazmlik tadbirkor yigitdan yaxşi maslahat kelib qoldi.
«Assalomu alaykum, Şuhrat aka, yaxşimisiz?!
Men xorazmlik tadbirkor Muzaffarman. Siz orqali piyoz ekkan surxondaryolik dehqon akalarimizga bir maslahat bermoqçiman.
Piyozni uvol qilib, yerga qöşib haydab taşlagandan köra parrak-parrak qilib töğratib, quritib taşlaşsa ertaga yaxşi narxga eksport qiliş mumkin.
Iltimos, şu taklifimni dehqon akalarimizga yetkazib qöysangiz. Katta rahmat!» — deb yozib yuboribdi u.
Şarhlarda foydalanuvçilardan biri tojikistonlik dehqonlar bu işning rosa hadisini olgani, piyozni kesib quritib, Rossiyaning olis nuqtalariga jönatişi, ruslar quritilgan piyozni qişi bilan iste’mol qilişini yozib qoldi.
Rosti, masalaning bu tarafi özim uçun ham yangilik böldi. Çunki sabzavotlardan pomidor, qalampir va kökatlar quritilişini eşitgandim. Piyozni quritiş mumkinligini bilmas ekanman. Şu sababli quritilgan piyoz haqida internetdan ma’lumotlar izladim.
Birinçi sörovimga köra, reklama materiallari çiqdi va 450 gramm quritilgan piyozning xorijdagi narxini 182 ming söm, 107 gramm qilib qadoqlanganini esa 69 ming sömga körsatdi. Ya’ni işlab çiqarilgan mahsulot yakuniy xaridorga yaxşigina pulga taklif etilmoqda.

Özbekistonda «AGRO FEED» kompaniyasi quritilgan piyozni qadoqlaş bilan şuğullanar ekan, kompaniya bu mahsulot har bir uy bekasining arsenalida bölişi şartligini ta’kidlagan. Quritilgan piyoz barça foydali sifatlarini özida saqlab qoliş bilan birga, aççiq barra piyoz örnini juda yaxşi bosadi, sabzavot, qöziqorinli, göştli va baliqli taomlarga özgaça maza bağişlar ekan.
Quritib maydalangan piyoz deyarli vaznsiz böladi, uni tozalaş şart emas. Bir çimdim quritilgan piyoz qizigan yoğga yoki şörvaga taşlab yuborilsa u taomga takrorlanmas maza va böy baxş eta olar ekan.
Bizda quritilgan piyozdan foydalaniş unçalik urf emas. Rossiyada esa quritilgan piyoz qoqlari asosan Hindiston va Xitoydan yetkazilar ekan.














