Vazirlar Mahkamasining "Jazoni ijro etiş muassasalarida davlat-xususiy şeriklik asosida mahkumlar uçun masofali video-uçraşuv xizmatini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 dekabrdan 2024 yil 1 fevralga qadar eksperiment tariqasida Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti Birinçi mintaqaviy hudud 7-son jazoni ijro etiş koloniyasida Inm International MÇJ tomonidan Prisonline himoyalangan video-aloqani ta’minlovçi zamonaviy axborot texnologiyalari örnatiş orqali jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga masofali video-uçraşuv orqali yaqin qarindoşlari bilan onlayn uçraşuv imkoniyati yaratilgan.
Içki işlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
Inm International MÇJni xususiy şerik sifatida Içki işlar vazirligi tasarrufidagi barça jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga masofali video-uçraşuv orqali onlayn uçraşuv imkoniyati yaratilişini ta’minlaş maqsadida töğridan töğri şartnoma tuzgan holda jalb qiliş;
Içki işlar vazirligini loyiha böyiça davlat şerigi etib belgilaş.
Davlat-xususiy şeriklik loyihasining asosiy şartlari etib quyidagilar belgilanadi:
- Içki işlar vazirligi tasarrufidagi barça jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga masofali video-uçraşuv orqali onlayn uçraşiş imkoniyatini yaratiş;
- Içki işlar vazirligi tasarrufidagi barça jazoni ijro etiş muassasalarida himoyalangan video aloqani ta’minlovçi zamonaviy axborot texnologiyalarini örnatiş;
- jazoni ötayotgan mahkumlarning video-uçraşuvlari jazoni ijro etiş muassasasi ma’muriyati nazorati ostida ötkazilişi hamda ularning haqi mahkumning şaxsiy hisobvarağidan tölanişi;
- şartnomaning amal qiliş muddatini ön yil etib belgilaş.
Içki işlar vazirligi davlat-xususiy şeriklik loyihasining bajarilişi va şartnoma şartlariga rioya etilişi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oşirib boradi.













