Oliy ta’lim muassasalarida rektorlarni saylaş rejasi yöqmi, bu narsa körib çiqilmayaptimi? Kun.uz muxbiri bu savol bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripovga murojaat qildi.

“Bu masala bölgan, “Özbekiston–2030” strategiyasiga rektorlarni saylaş masalasi kiritilgan. Bu hozir muhokamada. Hali bu böyiça qaror qabul qilinmadi. Agar şunaqa qaror qabul qilinsa, albatta... Butun xalqaro standartlarda, köpçilik davlatlarda OTM rektorlari 5 yilga saylanadi, buni kengaş hal qiladi”, – deb javob berdi vazir.

U rektorlarni saylaş masalasidagi şaxsiy fikri söralgan savolga javoban, “bunga vaqt kerakligi”ni aytdi.

“Endi, hozir, menimça, biz tayyor emasmiz. Vaqt kerak bunga. Bilasizlar, bizning özimizga yaraşa mentalitetimiz bor. Buni qaçonki jamoatçilik nazorati yaxşi yölga qöyilsa, şunda qilsak böladi”, – dedi u.

Jurnalistning rektorlarni saylaşning aniq vaqtini sörab bergan aniqlaştiruvçi savoliga Şaripov yana “vaqt kerak” deb javob berdi.

“Şunaqa işlaşimiz kerakki, masalan, özimiz işimizni köngildagidek bajarsak, oldimizga qöyilgan vazifalarni sifatli bajarsakkina tizimimiz yaxşilanadi. Ana şu paytda şunga erişgan kunimiz [OTMlarning] özlarining jamoatçilik kengaşi yoki ilmiy kengaşi böladi, şular tomonidan [rektorlar] saylansa töğri böladi”, – dedi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri.

Qönğirotboy Şaripovga: “Nega nodavlat OTMlarning yurisprudensiya yönalişiga litsenziya berilmayotgani, bunda qandaydir sun’iy tösiq qöyilganmi?” degan savol ham berildi. Şaripov bu yerda sun’iy tösiq bor degan gap asossiz ekanini aytdi.

“Yurisprudensiya yönalişi uçun yuqori talab qöyilgan. Bunga javob beradigan OTMga Adliya vazirligi tomonidan ruxsat beriladi.

Hozir ta’lim sifati juda pasayib ketdi deyapmiz-da, nega hammaga ruxsat berilmayapti ham deyapmiz. Yurist tayyorlaş – juda murakkab jarayon. Şuning uçun talabni iş beruvçi taşkilot beradi. Hozirgi paytda işonç yöqmi, demak şunga çeklangan.

Hozir – ötiş davri. Şu ta’lim muassasasiga işonç bölsa, Adliya vazirligi tomonidan bunga ruxsat beriladi, deb öylayman”, – dedi Qönğirotboy Şaripov.