Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiyalar ajratiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş, uruğliklar, köçatlar va suğoriş vositalari xarid qiliş uçun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilişi haqidagi talab bekor qilindi. 

Tegişli özgartirişlar Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiyalar ajratiş tartibi töğrisidagi nizomning 3,6 va 7-bandlariga kiritildi. Yuqorida körsatib ötilgan bandlarning yangi tahririda “talabgor” termini işlatilgan.

Bundan taşqari, yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş, uruğliklar, köçatlar va suğoriş vositalari xarid qiliş uçun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi. 

Endi subsidiya miqdori Agentlikning hududiy boşqarmasi, yetkazib beruvçi taşkilot va talabgor örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnoma şartlariga boğliq böladi. Tegişli özgartiriş nizomning 3-bandiga kiritilgan.