«Qizilqum» (Navoiy) futbol klubining 19 yoşgaça bölgan jamoasi boş murabbiyi 20 mln söm miqdorida pora olganida uşlandi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, ismi-şarifi keltirilmagan murabbiy futbolçilar jamoaga belgilangan sinovlarda saralanib, klub komissiyasi qarori va rahbar buyruği asosida qabul qilinişini bilsa-da, öz xizmat mavqeidan foydalangan holda Nurota tumanida yaşovçi, 18 yoşli ösmirni asosiy tarkibga qabul etiş evaziga 20 mln söm talab qilgan. U söralgan pul mablağini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan aşyoiy dalillar bilan uşlangan.
Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









