Mamlakat elçixonasi kömagida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining Litvaga taşrifi taşkil etildi.

"Dunyo" xabariga köra, taşrif doirasida Vilnyus şahrida "Özbekiston-Litva" işbilarmonlar hamkorligi kengaşini taşkil etiş töğrisidagi bitim imzolandi va yangi taşkil etilgan platformaning birinçi majlisi bölib ötdi.

Yiğilişda sözga çiqqan Litva Sanoatçilar konfederatsiyasi prezidenti V.Yanuleviçius ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy, transport, logistika, "yaşil" energiya, qişloq xöjaligi va boşqa manfaatdor sohalarda özaro hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladi. 

Litva transport va kommunikatsiya vaziri örinbosari Loreta Maskaliovene öz çiqişida Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng katta iqtisodiy salohiyatga ega bölgan davlatga aylanganini qayd etdi. 

Taşrif doirasida Özbekiston va Litva işbilarmon doira vakillari va kompaniyalari rahbarlari iştirokida biznes-forum bölib ötdi.

Bundan taşqari ikki mamlakat biznes vakillari örtasida B2B şaklida muzokaralar uyuştirildi. Bölib ötgan muzokaralar natijasida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan keng turdagi töqimaçilik, meva-sabzavot, kimyo mahsulotlari, kimyoviy öğitlar va metall prokatini Litvaga yetkazib beriş böyiça 30 million AQŞ dollariga teng eksport şartnomalari imzolandi.

Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Litva tadbirkorlari bilan teng uliş asosida Klaypeda şahrida özbek savdo uyini taşkil etiş masalasi kelişib olindi. Uşbu savdo uyi Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarni Litva va YeI davlatlari uçun eksport qiliş imkoniyatlarini yanada kengaytirişga xizmat qiladi.