Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi 9 may oqşomida Isroil mudofaa kuçlarining (TsAHAL) Ğazo sektori janubida Rafah şahridagi amaliyotini kengaytiriş uçun ovoz berdi, deb xabar bermoqda 10 may, juma kuni OAV. Xususan, Axios internet-naşrining ikki suhbatdoşi, gap AQŞning salbiy munosabatini keltirib çiqarmaslik uçun armiya harakatlari çeklangan kengayişi haqida ketayotganini da’vo qilmoqda. Şu bilan birga, naşrning uçinçi manbasi Oq uy bu qadamni juda uzoqqa çözilgan deb talqin qilişi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Ismini oşkor etmagan isroillik mulozim The Times of Israel gazetasiga hukumat kabineti TsAHALning Rafahdagi operatsiyasini davom ettirişni ma’qullaganini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni keltirmadi.
Axios ma’lumotlariga köra, harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi ham isroilliklarni asirga olgan jangçilar bilan bitim tuziş böyiça yangi taklif tayyorlaş uçun ovoz bergan.
Avvalroq AQŞ Isroilga Rafahga keng kölamli hujum uyuştirsa, harbiy yordamni qisqartiriş bilan tahdid qilgan edi. Biroq bunga javoban Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy amaliyoti yuzasidan xalqaro tanqidlar ostida, isroilliklar kerak bölsa yakka özi jang qilişga tayyorligini bildirdi.
Isroil Ğazo sektoridagi Rafah ötiş joyini egallab oldi
7 mayga ötar keçasi Isroil harbiylari Ğazo sektorining janubiy qismida Misr bilan çegaradoş Rafah nazorat-ötkaziş punktining Falastin qismi ustidan «tezkor nazorat» örnatilgani haqida e’lon qildi. Avvalroq Isroil Ğazo sektoridagi HAMASning sönggi qal’asi deb ataydigan Rafahga hujumga tayyorgarlik köriş çoğida Isroil şahardan tinç aholini evakuatsiya qilişni boşlagan edi. BMT ma’lumotlariga köra, beş kun davomida 110 mingga yaqin odam Rafahni tark etgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.













