Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya adliya vaziri Pak Son Jye bilan ötkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Seulda bölib ötgan uçraşuvda, dastlab ikki davlat örtasidagi hamkorlik aloqalari xususida söz bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar örtaga taşlanib, ularning yeçimi yuzasidan fikr almaşildi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoşlar Koreyada qişloq xöjaligi sohasidagi mavsumiy işlarda mehnat qilişi mumkin böladi. Xususan, qişloq xöjaligi, agrotexnologiyalar böyiça işlab, malakasini oşiradi, bu orqali ayni yönalişdagi bilim va könikmalarini boyitib, mamlakatga katta tajriba bilan qaytişi mumkin.

Bundan taşqari, professional kasb-hunarga ega bölgan öğil-qizlarning ham Koreyada işlaş imkoniyatlari paydo bölmoqda. Uşbu yönalişda, ya’ni ma’lum bir kasb-hunarga ega bölgan, qölida diplomi bor mutaxassislar köp. Endilikda ular ham öz sohasidan kelib çiqib Koreyada faoliyat olib borişi yölga qöyiladi.
Agarda özbekistonlik işçilar Koreyaning mehnat qonunçiligini buzmasa, nolegal faoliyatga ötmasa, öz iş joylarini asossiz taşlab ketmasa, Koreya tomoni hamyurtlar uçun har qanday işçi viza turini eng yuqori darajada oçib berişga tayyorligini bildirdi.













