Farğona viloyati Beşariq tumanida odamlar ölimiga sabab bölgan ikki nafar haydovçiga sud hukmi öqildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 10 dekabr kuni Beşariq tumanida taşkil etilgan qişloq xöjaligi xodimlari kuni tadbiriga borgan fuqaroni Yaypan-Rapqon yönalişida harakatlanayotgan “Damas” maşinasi urib yuborgan.

Oqibatda piyoda oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etadi.

Ötkazilgan sud avto-texnik ekspertiza tekşiruvlarida haydovçi piyoda yölning örtasida turganini 20 metr uzoqlikdan körgan bölsa ham “Damas”ni öz vaqtida töxtatib qolib, hodisaning oldini olişi mumkin edi, deb topadi.

Yaqinda ötkazilgan sud majlisida marhumning vakili haydovçidan moddiy va ma’naviy zarar olmasligini hamda unga qonuniy çora körilişini söraydi.

Sud haydovçini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topadi. Uni barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinlaydi.

Yana bir holatda Beşariq-Navkat yönalişida harakatlanib kelayotgan “ZIL” yuk maşinasi yölning çap tomoniga burilayotib “Matiz” maşinasini ötkazib yubormaydi va YTH sodir etadi.

Oqibatda “Matiz” maşinasida bölgan uç kişi tan jarohatlari oladi. Bir kişi voqea joyida vafot etadi.

Sud “ZIL” haydovçisini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topgan. “ZIL” haydovçisi marhumning dafn marosimi va “Matiz”ni ta’mirlaş uçun 128 mln söm tölb bergani va boşqa holatlar inobatga olingan.

Sud “ZIL” haydovçisini 3 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda unga 2 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosini bergan.