Global migratsiya yönalişlarida sezilarli özgarişlar, jumladan, köçirilgan odamlar va xalqaro pul ötkazmalari miqdorining jiddiy ösişi kuzatildi. Bu haqda Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) tomonidan taqdim etilgan 2024 yilgi Jahon migratsiya hisobotida aytiladi.
Hisobotdan ma’lum bölişiça, Meksika-AQŞ migratsiya yölagi migrantlar soni böyiça dunyoda birinçi örinda turadi. Ikkinçi örinni Suriya-Turkiya yönalişi egallagan. Ukraina-Rossiya yönalişi beşinçi öringa kötarilgan.
Mehnat migrantlarining eng köp qismi Janubiy, Şimoliy va Ğarbiy Yevropada iş topmoqda. Ikkinçi örin Şimoliy Amerikaga, uçinçisi arab mintaqasiga tegişli.
Hisobotda ta’kidlanişiça, xalqaro migratsiya inson taraqqiyoti va iqtisodiy ösişning drayveri bölib qolmoqda, buni 2000 yildan 2022 yilgaça xalqaro pul ötkazmalarining yiliga 128 milliard AQŞ dollaridan 831 milliard AQŞ dollariga oşgani (650 foiz) tasdiqlaydi.
831 milliard dollar pul ötkazmasining 647 milliard dollarini migrantlar daromadi past va örta bölgan mamlakatlarga jönatgan. Bunday pul ötkazmalari uşbu mamlakatlar yalpi içki mahsulotining salmoqli qismini taşkil etadi va global miqyosda uşbu mamlakatlarga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmidan köpdir.
Garçi xalqaro migratsiya insoniyat rivojlanişini rağbatlantirişda davom etayotgan bölsa-da, muammolar hali hamon köpligi qayd etilgan. Qurolli töqnaşuvlar, zöravonliklar, tabiiy ofatlar va boşqa sabablarga köra uy-joyini tark etganlar soni rekord darajadagi eng yuqori körsatkiçga - 117 million kişiga yetgan.
Dunyodagi qoçqinlar orasida Suriya fuqarolari ustunlik qiladi, ikkinçi örinni ukrainaliklar va afğonlar egallab turibdi.













