Özbekiston elçisi Aşraf Xodjayev Qatar ta’lim va oliy ta’lim vaziri Busaina bint Ali An-Nuaymiy bilan uçraşdi.

Suhbat davomida Qatar universitetlarida özbekistonlik talabalar uçun kvotalar ajratiş va ularning sonini köpaytiriş, Qatar va Özbekiston maktab va oliy ta’lim muassasalari örtasida almaşinuv, dolzarb yönalişlarda qöşma öquv dasturlari va ilmiy loyihalar, tadqiqotlar taşkil etiş kabi masalalar muhokama qilindi.

Qatar vaziri, şuningdek, örta maktab öquvçilari örtasida özaro almaşinuvlarni yölga qöyiş hamkorlik yönalişlaridan biri bölişi mumkinligini bildirdi. Qayd etilişiça, Qatar Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda aprel oyida qatarlik maktab yoşidagi bolalar jamoasining Toşkent va Samarqandga sayohati uyuştirilgan. Qatar tomoni uşbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilganini qayd etiş barobarida, uni doimiy va özaro tarzda yölga qöyiş mumkinligini ma’lum qildi.

Muloqot çoğida hozirgi kunda dolzarb hisoblanadigan sohalarda qöşma ilmiy izlanişlar va tadqiqotlar ötkaziş taklifi ham Qatar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Muzokaralar natijasida Özbekiston va Körfaz arab mamlakatlari rektorlari forumini ötkaziş taşabbusini örganiş va uşbu sohaga oid boşqa bir qator loyihalarni amalga oşiriş böyiça muloqotni davom ettiriş töğrisida kelişuvga erişildi.