Roppa-rosa 10 yil muqaddam Ukrainaning Donetsk va Luhansk oblastlarining bir qismida «DXR va LXR mustaqilligini e’lon qiliş böyiça referendumlar» ötkazilgandi. Jarayon qonuniy keçmagan, «xalq respublikalari» mustaqilligini 2022 yilga qadar BMT a’zosi bölgan biror davlat tan olmagandi. Şunga qaramay, referendumlar Ukraina şarqidagi qurolli mojaro rivojida muhim bosqiç böladi. Ikki oy ötib DXR nazoratidagi hududdan uçirilgan raketa Malayziyaning Boeing samolyotini urib tuşiradi. Keyinroq Rossiyaning keng kölamli bosqiniga ulanib ketgan sakkiz yillik harbiy harakatlar davomida minglab kişilar hayotdan köz yumadi. BBC Donbassdagi norozilik tölqinlari va harbiy qarama-qarşiliklarning ilk oylarini fotosuratlar orqali hikoya qildi.
Ukraina xavfsizlik xizmatining Luhanskdagi binosi oldidagi olomon
2014 yilda Ukraina şarqidagi regionlarda vaziyat izdan çiqadi va tartibsizliklar boşlanadi. Prezident Viktor Yanukoviçning tarafdorlari yiğiladigan «antimaydanlar» Rossiyadan kelgan odamlar va pullar bilan mustahkamlana boşlaydi. Keyinroq, «xalq inqilobi» niqobi ostida Donetsk va Luhansk oblastlarining bir qismi Kiyevdagi hokimiyatga böysunişni töxtatadi.
Qrim «yaşil odamçalar» tomonidan anneksiya qilingaç — Kreml yarimorol rossiyalik harbiylar tomonidan egallanganini darhol tan olmagan — Ukraina şarqi va janubidagi yirik şaharlarda mahalliy «antimaydanlar»dagi namoyişçilar va hukumat kuçlari örtasida töqnaşuvlar boşlanib ketadi.
Donetsk, Luhansk, Xarkiv va Odessani norozilik namoyişlari tölqini qamrab oladi. Namoyişlar tezda rus simvolikalari va rossiyaparast şiorlar bilan tölib ketadi. Keyinroq uşbu namoyişlar iştirokçilari va taşkilotçilari Rossiya ularni pul va odamlar bilan qöllab-quvvatlaganini eslaşgan.
Donetskdagi oblast prokuraturasi binosidagi olomon
Tajovuzkorlik darajasi ösib boradi, Qrim egallab olinişi va u yerda ötkazilgan «referendum»dan karaxt holatga tuşgan ukrain hukumati esa köp holatlarda «antimaydan»larga qarşi qurollanmagan politsiyaçilar otryadlarini yuborişdan boşqa çora topa olmaydi.
Bir neça holatlarda namoyişçilar militsiya boşqarmasi (Ukraina milliy politsiyasi 2015 yilda taşkil topgan) va prokuratura binolarini vayron qiladi, hududiy ma’muriyatlar binolaridagi ukrain bayroqlarini olib taşlaydi.
Mavzuga oid
7 aprel kuniga kelib faollar guruhi «Donetsk xalq respublikasi» tuzilganini e’lon qiladi. Luhanskda xuddi şunday tuzilma uç hafta ötganidan keyin, 27 aprel kuni e’lon qilinadi.
Slovyansk ma’muriyatidagi qurolli odamlar
Ukrainadagilar Rossiyaning Donbassdagi agressiyasi tarixidagi muhim sanalardan biri sifatida 12 aprelni bilişadi, öşanda yaxşi qurollangan önlab kişilar Slovyanskdagi ma’muriy binoni egallab olişgandi. Köpçiligi Rossiya fuqarolari hisoblangan va bungaça ham Qrimdagi hokimiyat organlarini egallab olişda iştirok etgan bu odamlarga Rossiya FXX (FSB)ning iste’fodagi polkovnigi Igor Strelkov (Girkin) boşçilik qiladi. Keyinroq u Slovyanskni olişda iştirok etganini oçiqçasiga tan olgan. «Agar bizning otryad çegaradan ötmaganida, barçasi Xarkiv va Odessadagi kabi yakunlangan bölardi. Önlab kişilar öldirilgan, yoqib yuborilgan, hibsga olingan bölardi. Va şu bilan barçasi tugardi», — degan u.
Slovyanskdagi barrikadalar
Ammo, Qrim egallanganidagi kabi, Rossiya bu safar ham bölayotgan voqealarni Ukrainaning içki işi deb atab, bu holat mahalliy aholi orasida norozilik avj olgani bilan boğliq ekanini ta’kidlaydi. Slovyanskda şaharga kiriş va şahardan çiqişda örnatilgan barrikadalarni köp hollarda fuqarolik kiyimidagi odamlar qöriqlaşgan. Ular qayerdan kelgani va çindan ham mahalliy aholi vakillari bölgan-bölmaganini aniqlaş qiyin edi.
Özini özi e’lon qilgan DXR rahbariyatida Igor Strelkov (çapda) va Aleksandr Boroday ham bor edi
Kiyevdagilar bir neça hafta içida Donetsk va Luhansk oblastlarida bir qança şaharlarning ma’muriyatlari ustidan nazoratni yöqotadi. Oblastlar markazlarida qöşhokimlik yuzaga keladi. Ammo Ukraina hukumati endi Luhansk oblastining Rossiya bilan çegara hududlarini nazorat qilmayotgandi va uşbu hudud orqali rossiyaparast guruhlarga qurollar va jangçilar yetkazib turiladi.
Ukraina harbiy texnikasi yölini tösib çiqqan tinç aholi vakillari
Kiyevning uşbu hududlarda hokimiyatni kuç bilan özgartirişga bölgan urinişlari muvaffaqiyatga erişmaydi — Ukraina qurolli kuçlarining yomon qurollangan hududiy qismlari aniq buyruqlar yöqligidan şikoyat qilardi va köp hollarda mahalliy aholi vakillaridan iborat «ayirmaçilar» yoki özini mahalliy aholi vakillari sifatida körsatgan rossiyalik jangçilar bilan töqnaşuvlardan qoçardi.
Donetskda Birinçi may namoyişi
May oyi boşida özini özi e’lon qilgan tuzilmalar ommaviy namoyişlardan «xalq respublikalari»ni qöllab-quvvatlaşda foydalanadi. Ikki hududda ham ovoz beriş jarayoniga hozirlik körilayotgandi: Donetsk xalq respublikasi tuzilgani e’lon qilinganida hududning öz taqdirini belgilaş böyiça referendum ötkazilişi ham ma’lum qilingandi. Aprel oyi oxirida LXR rasmiylari ham xuddi şu kabi saylovlarga tayyorgarlik körilayotganini ma’lum qiladi.
Saylov qutisida simvolika özgartirilişi
Qrimdagi ovoz beriş jarayonida bölgani kabi bu hududlardagi «referendumlar» ham xalqaro standartlarga mutlaqo javob bermasdi: tabiiyki, Ukraina hukumati bilan plebissit (ötma muhim masalani hal qilişni umumxalq ovoziga qöyiş) böyiça heç qanday kelişuv yöq edi, «respublikaning öz taqdirini özi belgilaşi» muxoliflari taşviqot olib borişi uçun teng imkoniyatlar taqdim etilmagan, ovoz beriş jarayoni xavfsizligi ta’minlanmagandi: allaqaçon qonlar tökilgan regionni aholi tark etişni boşlagandi. «Referendum» taşkilotçilarida saylovçilar haqidagi dolzarb ma’lumotlar ham yöq edi.
DXRdagi qurolli tuzilmalardan birining jangçisi egallab olingan Kramatorskdagi saylov uçastkasida
Lekin bularning heç biri tösqinlik qila olmaydi: 11 may kuni özini Donetsk xalq respublikasi va Luhansk xalq respublikasi deb e’lon qilgan hududlarda ovoz beriş jarayoni bölib ötadi, unda iştirok etganlar soni ham, ovozlarni hisoblaş jarayoni qanday keçgani ham mavhumligiça qoladi. Uning natijalari Qrimdagi «referendum» yakunlariga öxşaş edi: taşkilotçilar DXRda ovoz berganlarning 89 foizi, LXRda esa 96 foizi «davlat mustaqilligi» aktini qöllaganini e’lon qilişadi.
Vayrona Donetsk aeroporti 2012 yilgi futbol böyiça Yevropa çempionatidan oldin qayta qurilgandi
6 may kuni DXRdagi ayirmaçilar Donetskdagi Prokofev nomidagi xalqaro aeroportni egallaş uçun birinçi urinişini amalga oşiradi. Aeroportga hujum Ukraina şarqidagi janglarda Rossiyadan kelgan harbiylarning katta guruhi iştirokidagi ilk oşkora holat bölib, halokatli yakun topadi.
Aeroportning özida va undan şaharga qaytiş yölida önlab kişilar Rossiyaning «Vostok» batalyoni jangçilarining «döstona» zarbalaridan halok böladi — ular öz jangçilarini ukrain bölinmalari jangçilari bilan adaştirib yuborgandi.
Aeroport uçun janglar sakkiz oy davom etadi va 2015 yil yanvarida Ukraina hukumati endilikda aeroportga boriş yöllarini ham nazorat qilmayotganini tan oladi. U butkul vayron bölgandi.
Ukraina qurolli kuçlarining yonib ketgan zirhli transportyori
2014 yil may oyi oxirida tan olinmagan «xalq respublikalari» Azov dengizi sohilidan Slovyansk va Kramatorskka hamda Luhanks oblastida Rossiya bilan çegaradan Donetsk şahrining ğarbiy çekkalarigaça bölgan hududlarni nazorat qilardi. Bu fonda Ukrainaning qolgan qismida prezidentlik saylovlari bölib ötib, unda Petro Poroşenko ğolib çiqadi.
Slovyanskdagi barrikadalar
Iyun oyi boşlaridan Ukraina hukumati isyonkor hududlar bilan töqnaşuv çiziğidagi kuçlarini köpaytirişga kirişadi. Tan olinmagan respublikalar bilan muzokaralar natijasiz tugaydi va 1 iyulda, Kiyev tomonidan e’lon qilingan sulh muddati yakunlangaç, Ukraina qurolli kuçlari Donbassning Ukraina nazorat qilmayotgan şaharlarini öqqa tuta boşlaydi.
Slovyanskdagi yölda portlatilgan temiryöl köprigi
Iyul oyi boşida, Rossiyadan qurol va texnikalar yuborib turilganiga qaramay, artilleriya zarbalari va havo zarbalari oqibatida «Donbass ayirmaçilari» egallab olgan hududlarini boy bera boşlaydi.
Ukraina qöşinining Donetskka yurişini sekinlaştirişga harakat qilib ayirmaçilar köpriklarni portlatadi hamda dalalar va yöllarni minalaştiradi.
6 iyul kuni rossiyaparast kuçlar Slovyanskni taşlab çiqadi, şaharga Ukraina qurolli kuçlari otryadlari kirib keladi
Bu vaqtga kelib «DXR mudofaa vaziri» bölib olgan Igor Strelkov tan olinmagan respublika qurşov xavfi ostida qolganini aytib, Slovyanskdan Donetskka qaytadi.
«Malayziya aviayöllari»ning urib tuşirilgan MN17 reysidagi samolyoti dvigatellaridan biri
2014 yil 17 iyulda Grabovo qişloği yaqinida yölovçi avialayner parçalari hamda 298 kişining jasadlari qulaydi — ular «Malayziya aviayöllari»ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilgan MN17 reysi yölovçilari va ekipaj a’zolari edi.
DXR harbiylarining Strelkov hamda Rossiyadan bölgan qandaydir kurator bilan tinglangan telefon muloqotlari körsatadiki, ilk daqiqalarda ayirmaçilar ukrainlarning harbiy samolyotiga zarba berilganiga amin bölişgan. Mustaqil tadqiqotlar «Boing»ga bir neça soat oldin Rossiyadan yetkazib berilgan «Buk» havo hujumidan mudofaa tizimi orqali zarba yöllanganini aniqlagan.
MN17 halokati dunyoda fuqarolik avialayneri harbiy vosita orqali yöq qilinişi bilan boğliq eng yirik hodisaga aylanadi.
Urib tuşirilgan avialayner parçalari ustidagi gullar
Rossiya uşbu halokatga aloqadorligini rad etgan va hozirga qadar tan olmaydi. Bir neça yillik tekşiruvlardan keyin Niderlandiyadagi sud «Boing»ga kelib tekkan raketa DXR hududidan, bazasi Kurskda bölgan 53-zenit raketa brigadasiga tegişli «Buk»dan uçirilganini, u halokat kuni raketa uçirilgan joyga olib kelingani va keyingi kun tongda u yerdan olib ketilganini tasdiqlaydi.
2022 yil noyabrda Niderlandiyadagi sud Igor Strelkov, şuningdek Sergey Dubinskiy va Leonid Xarçenkoni fuqarolik avialayneriga hujum qiliş va bortda bölgan barçani öldirişda ayblab, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi. Rossiya boş razvedka boşqarmasi (GRU) sobiq xodimi bölgan Dubinskiy 2014 yilda DXR razvedkasi rahbari bölgan, Ukraina fuqarosi Xarçenko esa uning qölida işlagan.
Ukraina zirhli texnikalari Debalsevo çekkalarida, Donetsk oblasti
Iyul oyi davomida va avgust oyi boşida ukrain armiyasi DXR va LXR kuçlarini çekintirişda davom etib, Donetsk şahriga şimol va ğarbdan yaqinlaşib keladi. Avgust oyi boşiga kelib rossiyaparast kuçlar nazorat qilayotgan hududlar qurolli qarama-qarşilik boşlangan aprel–may oylari bilan soliştirganda tört barobarga qisqarib ketadi.
Rossiya harbiy texnikasi Kamensk-Şaxtinskiy şossesida, Rostov oblasti
Donbassdagi ayirmaçi kuçlar batamom tor-mor etilişidan xavfsiragan Moskva muntazam armiya qismlarini yordamga yuboradi. Natijada ukrain armiyasining katta otryadi Donetskdan janubi-şarqdagi Ilovayskda qurşovga tuşib qolib, yakson etiladi.
Bu mağlubiyat ukrain hukumatini DXR va LXR bilan muzokaralar boşlaşga majbur etadi, muzokaralar Minskda tinçlik kelişuvlari tuzilişi bilan yakunlanadi. Ukrainadagi mojaro söna boşlaydi. Rossiya ayirmaçi tuzilmalarni qurol va jangçilar bilan ta’minlab turganini rad etgan holda vositaçi rolida qolişga muvaffaq böladi.
Drujkovka, Donetsk oblasti, 2014 yil avgust
Öşanda heç kim, jumladan Donetsk oblastidagi Drujkovka posyolkasi aholisi ham bu joy sakkiz yil davomida heç kim tan olmagan «respublika» va Ukraina örtasidagi töqnaşuv çiziğida qolişini bilmas edi. Hozirda Drujkovka Ukrainaga keng kölamli bosqinning uçinçi yilida Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalariga hujum qilayotgan Rossiya armiyasi tomonidan tinimsiz ravişda öqqa tutilmoqda.
Drujkovka, 2022 yil avgust. Rossiya raketasi vayron qilgan maktab
BMT baholariga köra, 2014 yil bahoridan 2021 yil oxiriga qadar Ukraina şarqidagi uruş 13 200-13 400 kişi hayotiga zomin bölgan. Ular orasida — 4 200 nafari ukrain harbiylari, 5 800 nafari DXR, LXR va RF qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari, 3 390 nafari esa mojaroning ikki tomonidagi tinç aholi vakillari bölişgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi