Amerikaning Politico naşriga köra, Rossiya qöşinlari Xarkiv viloyatidagi hujumi uruş natijasi uçun buriliş nuqtasi bölişi mumkin bölgan hal qiluvçi jangning boşlanişidir. Örtaga nafaqat Kiyevning Ukraina ikkinçi yirik şahri ustidan nazoratini davom ettirişi, balki Ğarbning Ukrainani Rossiyadan himoya qilişda qöllab-quvvatlaşga bölgan qat’iyati ham tikilgan, deb yozadi 13 may, duşanba kuni gazeta.
Politico’ning qayd etişiça, may-iyun oylarida Rossiyaning uzoq kutilgan Ukraina mudofaasini yorib ötişga urinişi allaqaçon boşlangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, aftidan, Ğarbning yangi qurollari va öq-dorilari Ukrainaga kelguniga qadar imkoniyat oynasidan unumli foydalanmoqçi, deya davom etadi u.
Rossiya muvaffaqiyati Kiyevga RF bilan muzokaralarni boşlaş uçun bosim ötkazişi mumkin
Jurnalistlar fikriça, Rossiya qöşinlarining Xarkiv yönalişidagi sezilarli muvaffaqiyatlari Kiyevni Moskva bilan muzokara olib borişga majburlaş maqsadida Yevropa ayrim doiralari tomonidan bosim ötkazişga yangi urinişlarni keltirib çiqarişi mumkin. Şu bilan birga, ular katta armiyaga ega va katta yöqotişlarni qabul qilişga tayyor bölgan Rossiya tomonidan yangi hujum sodir bölgan taqdirda front çiziği qulaşini istisno qilmagan bir qança yuqori martabali ukrainalik zobitlar fikrlariga tayangan. Aprel oyida Politico bilan suhbatda ular bunday özgarişlar Ukraina qat’iyatini zaiflaştirişi va Ukraina Qurolli kuçlaridagi ruhiy holatni buzişi mumkinligidan xavotir bildirişgan.
Şu munosabat bilan, Putinning hisob-kitobi özini oqlaydi va Rossiyaning yangi hujumi nafaqat Ukraina qarşiligini bostirişi, balki Ğarbning Kiyevga qöllab-quvvatlanişini ham kamaytiradi, degan xavotirlar bor, deb yozadi naşr.
Rossiyaning Xarkiv yönalişi böyiça hujumi
May oyi boşida Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasining Xarkiv viloyati çegarasida harakatlari kuçayişi munosabati bilan Ukraina Qurolli kuçlari zaxira bölinmalari front uşbu qismiga yuborilgani haqida xabar bergan edi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Kiyevdagi matbuot anjumanida rossiyaliklar «yangi hujum tölqinini» boşlaganini ma’lum qildi.
Sönggi kunlarda Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasining «Sever» guruhi bölinmalari Xarkiv viloyati Rossiya bilan çegaradoş bir neça aholi punktlarini egallab olgani haqida xabar berdi. Ular orasida Volçansk şimolidagi Pletenevka va Gatişçe, şuningdek, Borisovka, Ogursovo, Pilnaya va Streleçya bor. Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, Rossiya qöşinlari Xarkiv yönalişida çegaradagi Vovçansk şahri uçun olib borilgan janglarda taktik muvaffaqiyatga erişgan. «Duşman şaharga hujum qiliş uçun beştagaça batalondan iborat köp sonli kuçlarni joylaştirdi va yöqotişlarni hisobga olmayapti», — deya ma’lum qildi Ukraina Boş ştabi.














