Qaşqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov öz rahbarligida ötgan yiğilişda «kun tartibidagi masalalarning bajarilişiga e’tiborsizlik bilan qaragani» uçun 22 nafar mas’ulni lavozimidan ozod etdi.
Qayd qilinişiça, yiğilişda Sayxunobod, Uyçi va Zarbdor tajribalarini keng joriy qiliş, bandlikni ta’minlaş, aholini biznesga jalb etiş, iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş, davlat mulkini xususiylaştiriş orqali xususiy sektor uluşini oşiriş va tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun şaroit yaratiş, muammoli kreditlar uluşini qisqartiriş, safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatining taşkil etilişi hamda Hisob palatasi tomonidan davlat xaridlarining qonuniyligini örganiş masalalari körib çiqilgan.
Yiğiliş kun tartibidagi masalalarning bajarilişiga «e’tiborsizlik bilan qaragani» uçun 22 nafar mas’ul lavozimidan ozod etilgan. 29 nafarini vazifasidan ozod etiş böyiça Respublika rahbariyatiga taqdimnoma kiritilgan. 41 nafar mas’ulga intizomiy jazo çorasi qöllangan, 27 nafarining faoliyati qoniqarsiz deb topilib, keyingi çorak yakunlari böyiça ijobiy özgariş qilmagan taqdirda, ularga nisbatan keskin çoralar körilişi töğrisida ogohlantirilgan.
Ta’kidlanişiça, viloyatdagi axborot xizmatlari va OAV vakillariga ijtimoiy roliklar, iş örinlari e’lonlari, imtiyozli kredit hamda subsidiyalarga oid materiallarni keng jamoatçilikka yetib borişi uçun tarğibotini kuçaytiriş vazifasi topşirilgan.













