Ayollarni oiladagi zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan qonunçilikni takomillaştiriş borasida ham salmoqli işlar amalga oşirildi. Xususan, uşbu turdagi jinoyatlar uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mamlakatimizning bu sohalardagi muvaffaqiyatlari Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun» yillik hisobotida qayd etilgan. Mamlakatimiz gender tengligi böyiça qonunçilikni takomillaştirişda eng yuqori natijalarga erişgan beşta davlatdan biriga aylandi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva gender tenglik siyosatini töğri yölga qöyiş va uni tölaqonli amalga oşiriş böyiça Özbekiston 2030 yilga qadar möljallangan Gender strategiyasini qabul qilgani yutuqlar asosi bölib xizmat qilayotganini qayd etdi.
– Islohotlarni samarali amalga oşirişda ayollarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi muhim ahamiyat kasb etişi hammangizga ma’lum, – dedi T.Norboyeva. – Şu ma’noda, ularning davlat va jamiyat boşqaruvidagi roli hamda ta’sirini keskin oşirişga alohida e’tibor qaratiş zarur. Ayol rahbar kadrlarning yangi avlodini şakllantirişda, avvalo, ularning ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytirişga e’tibor qaratdik. Bugungi kunda xotin-qizlarga ta’lim, ilm-fan bilan şuğullaniş uçun barça şaroitlar yaratildi.
Albatta, davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bölgan va zöravonlikka uçragan ayollar bilan işlaşga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Bu borada respublikamizning har bir tuman va şaharida aholiga ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordamlarni körsatuvçi “Inson” markazlari öz faoliyatini boşlagani ayni muddao böldi.
Prezidentimiz tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatişni takomillaştirişga qaratilgan yana bir muhim hujjatni imzoladi. Bu yönalişda “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar aholiga har bir mahalla darajasida körsatiladi.
Buning uçun mahalla instituti, uning işlaş mexanizmlari ham takomillaştirildi. Har bir mahallada 7 nafardan ştat birliklari taşkil etilib, xotin-qizlar bilan işlaş alohida yönaliş sifatida ajratildi. Har bir mahallada xotin-qizlar bilan turli yönalişlarda manzilli işlar yölga qöyilmoqda. Tibbiy, psixologik, xuquqiy, kasbiy, ijtimoiy yordamlardan iborat kompleks çora-tadbirlar davlat budjetidan töliq qoplanişi belgilab qöyildi. Bundan taşqari, inqiroz holatga tuşgan ayollarga yordam körsatiş uçun viloyat va tumanlarda Reabilitatsiya markazlari faoliyati yölga qöyilmoqda.











