Prezidentning “Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatişni takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimi joriy etilmoqda. 2024 yil 1 iyundan boşlab:
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan yoki jabrlaniş xavfi ostida bölgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar körsatiş tartibi joriy etiladi;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holati içki işlar organlari navbatçilik qismining 102 telefon raqamlariga kelib tuşgan murojaatlar asosida içki işlar organlari xodimlari tomonidan röyxatga olinadi.
Tazyiq va zöravonlik holati yoki ularni sodir etiş xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat içida quyidagilar amalga oşiriladi:
- xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori iştirokida tazyiq va zöravonlikni sodir etgan şaxs bilan suhbat ötkaziladi;
- profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylaştiriladi;
- tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (şahar) şifoxonalarining şoşilinç qabul bölimlariga joylaştiriladi;
- rasmiylaştirilgan himoya orderlari va jabrlangan şaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini körsatiş uçun Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinçalik boşpana (şelter)lar faoliyati yölga qöyiladi. Bunda hududiy markazlarga qaraşli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud ştat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi töliqligiça hududiy markazlarga ötkazilgan holda tugatiladi.












