11 may kuni Vazirlar Mahkamasining töqimaçilik, çarm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari eksportini tartibga soliş töğrisidagi qarori tasdiqlandi.
15 maydan boşlab mazkur mahsulotlar böyiça eksport şartnomalari qiymatini monitoring qiliş, şuningdek, ularning eksport narxlari şakllantirilişi ustidan nazorat örnatiş tartibi joriy etiladi.
Minimal eksport narxlari joriy etiladigan töqimaçilik, çarm-poyabzal va elektrotexnika mahsulotlari röyxati Investitsiyalarni jalb qiliş, sanoatni rivojlantiriş va savdoni tartibga soliş böyiça hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Röyxatni şakllantirişda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi (SSP), şuningdek, «Öztöqimaçiliksanoat», «Özçarmsanoat» va «Özeltexsanoat» uyuşmalari iştirok etib, takliflar kiritadi. Ular bilan birgalikda har oyda içki va taşqi bozor kon’yunkturasini tahlil qiliş asosida tovarlarning minimal eksport narxlari tasdiqlanadi.
Minimal narxlar töğrisidagi ma’lumotlar Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida, şuningdek, SSP va uyuşmalarning veb-saytlarida e’lon qilinişi kerak. Narxlar SSP saytida e’lon qilingan kundan boşlab ikki kun ötgaç kuçga kiradi.
Mahsulotlarni xorijga minimal qiymatdan past narxlarda sotiş holatlari aniqlangan taqdirda, bojxona organlari bu haqda 24 soat içida Soliq qömitasi va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentini xabardor qilişi, ular qonun hujjatlariga muvofiq çoralar körişi şart.
Taşqi savdo operatsiyalarida aktivlarning repatriatsiya qilinişi ustidan nazorat uşbu mahsulotlarning minimal eksport narxlaridan past bölmagan narxlardan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, Savdo-sanoat palatasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravişda meva-sabzavot mahsulotlari böyiça içki va taşqi bozor kon’yunkturasini örganib boradi hamda har haftada respublikadagi yirik ulgurji bozorlarda şakllangan meva-sabzavotlarning eng past narxlari asosida röyxatda körsatilgan meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlarini tasdiqlaydi.
Hukumat qonunçilik hujjatlariga mahsulotlarni (şu jumladan, qişloq xöjaligi mahsulotlarini) minimal narxlardan pastroq eksport qilgan tadbirkorlar uçun foyda soliği böyiça berilgan imtiyozlarni bekor qilişni nazarda tutuvçi özgartişlar işlab çiqiş böyiça topşiriq berdi.













