«Tottenhem» — «Mançester Siti» 0:2
Gollar: Holand (51, 90+1 penalti).
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Romero, Dreguşin, van de Ven, Hyoyberg (Skipp, 85), Meddison (Mur, 90+3), Bentankur (Kulusevski, 55), Sarr (Lo Çelso, 85), Son, Jonson.
«Mançester Siti» – Ederson (Ortega, 69), Uoker, Diaş, Akanji, Gvardiol, Kovaçiç, de Bryuyne (Doku, 69), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Holand (Alvares, 90+5). 
Ogohlantirişlar: Bentankur (36), Sarr (57), Romero (63), Kovaçiç (70), Foden (88), Silva (90+11). 

Xosep Gvardiola — futbolçilarning salomatligi uçun qayğuradi va muntazam ravişda tiğiz taqvimni tanqid qiladi. Tabiiyki, u futbolçilarda nafaqat jismoniy imkoniyatlarning, balki hissiyotlar zaxirasining ham çegarasi borligini tuşunadi.

Şu tufayli, ötgan turda «Fulhem» ustidan qozonilgan ğalabadan keyin Pep ötgan mavsumdagi trebl ortidan pasayiş bölişini kutganini, ammo reallik boşqaçaroq bölganini tan oldi. Şu tufayli u futbolçilardan biror narsadan xafa bölişsa ham, hissiyotlarini yaşirmaslikni söradi. Va ispaniyalik mutaxassis öyin arafasida «Tottenhem» maydoniga safar qilişning qiyinçiliklariga töxtaldi, bu stadionda «Mançester Siti» yanvardagi kubok öyiniga qadar APL doirasida qatorasiga beş mavsumda ğalaba qozona olmagan, bu öyinlarda birorta gol ham urmagandi. Hozir esa bu seriyaga çek qöyiş orqali alohida maqsadga erişiş — APLda qatorasiga tört mavsumda çempion bölgan ilk jamoaga aylaniş talab etilardi.

«Tottenhem» muxlislari uçun esa bu aralaş tuyğularga boy kun edi. Ular uçun nima afzalligini aniqlaş qiyin edi - azaliy raqib bölgan «Arsenal»ga yordam beriş yoki Çempionlar ligasiga yöllanma oliş imkoniyatidan foydalaniş. Stadion atrofida muxlislar örtasida ötkazilgan sörov natijalari ham şunga mos edi, fanatlarning eng ajoyib va kinoyali javobi esa Sky efirida yangradi: «Biz mağlubiyatsiz vaziyatdamiz. Agar ğalaba qozonsak, bundan yutamiz va hatto yutqazsak ham yutuqda bölamiz».

Va tribunalar odatiy qöşiğini kuyladi: «Agar siz «Arsenal»dan nafratlansangiz, örningizdan turing!» Öyinning  boşi esa jamoa boş murabbiyi Angelos Posteköğlining sözlariga mos keçdi. U özining sevimli jamoasi yutqazişini istaydiganlarni tuşuna olmasligini, «Tottenhem» «Arsenal» uçun emas, özi uçun öynaşini aytdi. Öyin debyutidayoq APLdagi250-öyinida maydonga tuşgan Ederson Bentankurning zarbasidan keyin tösin ostiga ketayotgan töpni qaytarişiga töğri keldi.